Dastlabki olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish




Download 45.5 Kb.
bet4/4
Sana04.04.2023
Hajmi45.5 Kb.
#48584
1   2   3   4
Bog'liq
2-маъруза (1)
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
2.4. Dastlabki olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish

Neft va gaz konlarini o‘rganishda olingan amaliy va nazariy birlamchi ma’lumotlarni umumlashtirish mumkin. Bizga ma’lumki, neft va gaz konlari geologiyasi fani unga yaqin bir qator fanlar bilan uzviy bog‘liq.


Shu sababli, neft va gaz konlari geologiyasining nazariy metodlari unga yaqin geologiya va texnika hamda tektonika, stratigrafiya, petrografiya, geokimyo, yer osti gidromexanikasi, qatlam fizikasi, soha iqtisodiyoti fanlarining nazariy qoidalaridan unumli foydalanadi. Bunday nazariy va amaliy bilimlar turli ierarxik darajadagi geologik komponentlar elementlari xususiyatlarini belgilash, ular chegarasini aniqlash, sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashoratlash hamda boshqa tadqiqot masalalarini echishga yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga geologiya fanida va uning qatorida neft va gaz konlari geologiyasida nazariy metodlarni etarlicha rivojlanmaganligi ko‘proq amaliy izlanishlar natijasidan foydalanishni taqazo etadi. Shu sababli neft va gaz konlari geologiyasi fanida amaliy ma’lumotlarni umumlashtiruvchi metod sifatida modellashtirish metodi qabul qilingan.
Neftchi geologning tadqiqot doirasi sifatida qaraladigan aniq bir geologik makon uzluksiz ko‘pdan-ko‘p nuqtalardan tarkib topgan deb qaraladi. Har qanday amaliy masalani echishda modda xususiyatlarining qiymatini yoki aniq geologik jismning har bir nuqtasida sodir bo‘layotgan jarayonning tavsifini bilish zarur. Demak, geologik jismning tadqiq qilishni eng maqbul yo‘li uni modellashtirishdir. Modellar moddiy va faraziy turlarga bo‘linadi.
Faraziy modellar amaliyotda keng qo‘llaniladi. Masalan, kuzatuv natijalarini, eksperiment ma’lumotlarini izohlash va b. Neft va gaz uyumlari parametrlarini o‘rganish, kuzatuv natijalarini izohlash, uyum to‘g‘risidagi nazariy va faraziy tushunchalar, uyum strukturasi tuzilishini yoki unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni fikran tasavvur etish faraziy modellar tuzish orqali o‘rganiladi. Neftchi geolog o‘rganilayotgan obyektning yoki jarayonning turli xususiyatlari va taraflarini ifodalovchi kesim va kesmalar, sxemalar, xaritalar, turli parametrlar qiymatlari jadvali, ular orasidagi bog‘liqliklar va boshqalarning fikran tasavvur etishi va ko‘z oldiga keltiraolishi lozim.
Tuziladigan modellar ikki: tavsiflash va bashoratlash vazifasini bajaradi.
Modelni tavsiflashning ikkinchi usuliga qatlam ichidagi nuqtalarning ayrim diskret (uzlukli) qatori xususiyatlari qiymatini avvaldan bashoratlash kiradi. Bu maqsadda, xuddi struktura xaritasini tuzish usuli kabi, o‘rganilayotgan xususiyatlar qiymatini ifodalovchi izochiziqlar xaritasi interpolyatsiyalash metodi yordamida tuziladi.
Tavsiflashning uchinchi usulida o‘rganilayotgan obyektning ichki xususiyatlarining o‘zgarish qonuniyatlarini tavsiflashda chiziqsiz interpolyatsiya metodi o‘rniga turli murakkablikka ega bo‘lgan matematik funksiyadan foydalaniladi, masalan, turli darajadagi polinomlar (ko‘phadlar), tasodifiy funksiya, splayn-funksiya va b. Ko‘pgina hollarda ushbu ko‘rinishda tavsiflanayotgan model sifatida izochiziqlar xaritasidan foydalaniladi.
Tavsiflashning to‘rtinchi usulida o‘rganilayotgan obyekt tarkibi bayon qilinadi, unda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika metodlaridan (taqsimlanish nazariyasi, korrelyatsion-regression tahlil va boshqalardan) foydalaniladi.
Matematik modellashtirish ( neft va gaz uyumlarini fikran modellashtirish turi. Qayd qilingan chiziqli interpolyatsiya, turli murakkablikdagi funksiyalar, ehtimoliy-statistik metodlarning qo‘llanishi matematik modelni yaratadi. Matematika fani konchi geologga u yoki bu aniq obyektning modelini yaratishga imkon beradigan mavhum strukturadan foydalanishni o‘rgatadi. Matematik strukturaning geologik hodisalar yoki jarayonlarning modeliga aylanishi ushbu struktura (mavhum matematik obyekt) elementlari geologik mazmunga ega bo‘lgandagina, ya’ni matematik struktura elementlari qiymati uyumning eksperiment natijasida aniqlangan xususiyatlariga mos kelgandagina amalga oshadi.
Grafik modellashtirish ( neft va gaz konlarini fikran modellashtirishning boshqa turi. Neft va gaz konlari geologiyasida grafik modellar tuzish usuliga mufassal korrelyatsion sxema, mufassal geologik kesim (kesma), izochiziqlar va shartli belgilar bilan ifodalangan turli xaritalar, blok-diagrammalar, grafiklar va boshqa grafik hujjatlar taalluqli.
Izochiziqlarda ifodalangan xaritalar neft-gazli jinslarning makonda joylashishini va shaklini tasvirlash imkonini beradi. Ularga struktura xaritalari, izopaxit xaritalari va b. kiradi. Izochiziqlar metodi matematik modellashtirishning xillaridan biridir.
Xaritalar va ular uchun tuzilgan shartli belgilar uyum strukturasining ichki tuzilishini, turli litologik tarkibi va har xil kollektorlik xususiyatlari hamda mahsuldorligi bilan ajralib turadigan qatlamlarni, ya’ni turli darajadagi elementlarning nisbatini, o‘lchamini, o‘zaro joylashishini aniq ifodalash imkonini beradi. Bunday xaritalar yordamida konni ishlatish jarayonini kuzatish, quduqlarni suvlanish jarayonini turli vaqtlar uchun belgilash va xaritada tasvirlash mumkin. Ko‘p hollarda neft va gaz uyumlarining geologik tuzilishini blok-diagramma deb nomlanuvchi hajmiy grafiklar yordamida ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Jarayonlarni modellashtirishning grafik metodlariga turli grafiklarni misol qilish mumkin. Masalan, haydash va chiqarish quduqlarining sonini, ularning texnologik tavsifini, neft, gaz va suvlarning joriy chiqarish va jamg‘arishdan to‘plangan miqdorini, qatlam bosimining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini ko‘rsatuvchi grafiklar va sh.k. Bunday grafiklar majmui konni ishlatishning asosiy hujjati hisoblanadi.
Download 45.5 Kb.
1   2   3   4




Download 45.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dastlabki olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish

Download 45.5 Kb.