Fanning ma’lumot olish vositalari




Download 45.5 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi45.5 Kb.
#48584
1   2   3   4
Bog'liq
2-маъруза (1)
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
2.3. Fanning ma’lumot olish vositalari

Neft va gaz konlari geologiyasi amaliyotidagi vositalarga burg‘ qudug‘i, turli uskunalar, asboblar va laboratoriya jihozlari kiradi. Ma’lumot olish vositalariga kern olishda ishatiladigan kolonkali dolotalar, quduq devoridan parmalab va teshib namuna oladigan namunaolgichlar, qatlam namunaolgichlari, qatlam sinash uskunalari, turli geofizik zondlar, inklinometrlar, chuqurlik manometrlari, debitomerlar va rasxodomerlar (sarfo‘lchagichlar), tog‘ jinslarining geologik-fizik va flyuidlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashda ishlatiladigan laboratoriya jihozlari mansub.


Qiyosiy ma’lumotlar olish vositasi sifatida laboratoriya sharoitida qatlamlarning va unda kechadigan jarayonlarning moddiy modeli yaratiladi. Masalan, qatlam ichida neftni yoqish metodini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash maqsadida qum bilan to‘ldirilgan, neft bilan to‘yintirilgan metall quvur ko‘rinishidagi qatlam modelidan foydalaniladi. Uning yordamida qatlam ichida sodir bo‘layotgan jarayonlarning parametrlarini o‘lchash va boshqarish, uning turg‘unlik sharoitini aniqlash, yakuniy natijalarni belgilash va provardida laboratoriya eksperimentini kon sharoitiga ko‘chirish mumkin bo‘ladi.
Moddiy modelning ikkinchi turi natural (haqiqiy) model hisoblanadi. Bunday model kam o‘rganilgan obyektlarni tadqiq qilishda ishlatilib, unda asosan o‘xshashlik metodidan foydalaniladi, ya’ni yaxshi o‘rganilgan tabiiy obyektlar, jarayonlar yoki hodisalardan olingan birlamchi ma’lumotlar kam o‘rganilgan geologik jihatdan o‘xshash obyektlarga qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish eksperimenti ( neft va gaz uyumini ishlatish jarayonida o‘tkaziladigan eksperiment bo‘lib, neft yoki gazni chiqarib olishning aniq masalalari va o‘xshashlik nazariyasi talablariga javob beradigan tajribadir. Ishlab chiqarish eksperimentini bajarish jarayonida foydalanilayotgan obyekt zaruriy ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Kon va uyumlarni ishlatish davrida quduqlarda olib boriladigan kuzatuvlar uyum strukturasi va unda sodir bo‘ladigan jarayonlar to‘g‘risida ko‘pdan-ko‘p ma’lumotlar olish imkonini beradi. Aynan, konni ishlatish jarayonida geologik-texnik majmuaning geologik komponentlari yaqqol namoyonlanadi, natijada konni ishlatish sistemasining samaradorligini hamda geologik va kichik sistemalar strukturalarining moslik darajasini baholash imkonini beradigan ma’lumotlar to‘planadi.



Download 45.5 Kb.
1   2   3   4




Download 45.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanning ma’lumot olish vositalari

Download 45.5 Kb.