|
Piksel kattaligi ekranda tasvirga joizlik bilan original (asl)ga joizlik orasidagi masshtabga bog‘liq
|
bet | 3/6 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 63,08 Kb. | | #273480 |
Bog'liq 2-Ma\'ruza. Rastr grafikasiPiksel kattaligi ekranda tasvirga joizlik bilan original (asl)ga joizlik orasidagi masshtabga bog‘liq. - Piksel kattaligi ekranda tasvirga joizlik bilan original (asl)ga joizlik orasidagi masshtabga bog‘liq.
- Diagonali 20—21 duymli ekranlarning rastrlari 640*480, 800*600, 1024*768, 1280*1024, 1600*1200, 1600*1280, 1920*1200, 1920*1600 standart nuqtali bo‘lgandagina tasvir chiqarishga ruxsat berilgan.
- Ekrandan nusxa olish uchun (ekran tasvirini printerda oddiy qog‘ozga chiqarish uchun) 72 dpi, rangli yoki lazerli printerda tasvir hosil qilish uchun 150—200 dpi, fotoeksponentlovchi qurilma uchun 200—300 dpi joizlik kifoya.
Tasvir parametrlari va fayl hajmi orasidagi bog‘lanish - Rastrrli grafika bo‘yicha hosil qilinadigan tasvirlar yuqori aniqlik va ranglar jilosidan foydalanishni talab qiladi. Ammo bunday tasvirlarning aniqligini oshiruvchi "ruxsat”ning kattalashuvi fayl hajmining keskin oshishiga olib keladi.
- Masalan, 10*15 santimetrli fotosurat 200—300 dpi ijozatli tasvir TIFF formatda 4 Mbayt hajmga ega. A4 formatli rangli surat 120— 150 Mbayt bo`ladi.
- Agar maxsus choralar ko`rilmasa, rastrli tasvirlarni kattalashtirish tasvirning asl holati buzilishiga olib kelishi mumkin. Chunki rastrli grafikada tasvirni aniq sondagi nuqtalar (piksellar) hosil qiladi. Shaklni kattalashtirganda nuqtalar sonini oshirish m um kin b o ‘lmaganligi sababli ba’zi bir buzilishlar hosil bo‘lishi mumkin.
- Bu hol ro‘y bermasligi uchun orginal (asl) tasvirni oldindan raqamlashtirish kerak bo‘ladi. Bu usulga o‘xshash boshqa usul, ya’ni ma’lum diapazonda piksellashtirish effektini kamaytiruvchi stoxastik rastrlashni qo‘llash kerak bo‘ladi va nihoyat masshtablashtirishda interpolyatsiya usuli oraliq qo‘shimcha nuqtalarni qo‘shish orqali tasvir kattaligini oshirish keng qoilaniladi.
- Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarini aytish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat-piksellardan iborat bo`lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi.
- Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Kompyuter grafikasida duymdagi piksellar soni (dpi) asosiy shart bofiadi. Piksellar soni qancha ko'proq bo`lsa, tasvir shuncha sifatliroq bo‘ladi.
- Masalan, agar dpi =72 bo'lsa, u holda 1 kvadrat duymga 5184 piskel joylashadi va uning hajmi 6 Kb bo‘ladi, agar dpi = 144 bo‘lsa u holda 1 kvadrat duym ga 20736 piskel joylashadi va endi uning hajmi 21 Kb ga teng bo`ladi.
|
| |