3
Qarshilik pechlari, elektroliz vannalari va yoritish asboblari uchun
qo`yilgan quvvat - bu shu qurilmalarning tarmoqdan iste`mol qiladigan
quvvatlariga teng (P
p
=P
ist
). Takrorlanuvchi - qisqa muddatli ish rejimli EI
larning pasportida berilgan quvvatini uzoq muddatli ish rejimiga keltirib,
nominal quvvat sifatida qabul qilinadi.
Sanoat korxonalarining elektr qurilmalarida asosan o`zgaruvchan tok
ishlatiladi. O`zgarmas tok ishlatuvchilari elektr energiyasini o`zgaruvchan tokni
o`zgarmas tokga aylantiruvchi to`g’rilagichlardan
olgani sababli, o`zgarmas
tok doimo qimmatroq bo’ladi. To`g’rilagichlar sifatida "Sinxron motor -
o`zgarmas tok generatori" (SM-O`TG) tizimini, boshqariluvchi simobli
to`g’rilagichlar (BST), tiristorli to`g’rilagichlar (TT) ishlatiladi.
O`zgarmas tokning asosiy ishlatuvchilariga umumiy tarmoqdan ta`minlanuvchi
ko`tarish-transport mexanizmlarining va prokat stanoklaridagi yordamchi
mexanizmlarning standart kuchlanishli motorlari kiradi.
Elektroliz qurilmalari
nostandart kuchlanishli iste`molchilarga kiradi. Elektr energiyasini tarqatish
tizimida elektroliz qurilmalari, o`zgarmas tokda ishlovchi yoy pechlari,
payvandlash mashinalari o`zgaruvchan tok iste`molchilari hisoblanadi.
O`zgarmas tok ishlatuvchilar 5 % dan (mashinasozlikda) 85-90% gacha
(alyuminiy elektrolizi bo`lgan rangli metallurgiyada) elektr energiyasini iste`mol
qiladilar.
EI va I lar quyidagi standart kuchlanishlarga ega: 12 V, 36 V, 127 V, 220
V, 380 V, 660 V, 6 kV, 10 kV, - o`zgaruvchan tokda va 220 V, 440 V, 825 V -
o`zgarmas tokda.
Tokning chastotasi bo`yicha sanoat chastotasida ishlovchi, undan
ortiq va
undan kam chastotali elektr ishlatuvchilari mavjud. Sanoat chastotasi 50 Gts ga
yoki 60 Gts ga teng bo`lib, 60 Gts ga chiqarilgan motorlar 50 Gts chastotali
tarmoqdan ishlashi mumkin, ammo bunda kuchlanishni 380 V dan 460 V ga
ko`tarish lozim. 50 Gts li motorlarni 60 Gts li tarmoqga ulab bo`lmaydi, bu
holda 60 Gts ni 50 Gts ga pasaytuvchi o`zgartirgich o`rnatish kerak. 50 Gts
chastotaga chiqarilgan transformator va elektr apparatlari 60 Gts da ishlatilishi
mumkin.
50 Gts dan past chastotalar quyidagi xollarda ishlatiladi.
1).0.5-1.5 Gts - elektr pechlarida suyuq po`latni elektromagnit usulida
aralashtirish uchun;
2).2-5 Gts - kontaktli payvandlash uchun;
3).10-40 Gts - elektr motorlari tezligini rostlash uchun.
50 Gts dan yuqori chastota quyidagi xollarda ishlatiladi:
1).175-220 Gts chastotalar tezkor motorlar ishlatiladigan,
kichik gabaritli elektr
asboblari uchun;
4
2).100-200 Gts-sunoiy tola sanoatidagi tsentrofugalarning elektr
yuritmasi uchun Gts;
3).400 Gts chastota-tezligi 20000 ayl/min bo`lgan motorli yog`ochni
qayta ishlovchi stanoklarda;
4).500-1000 Gts chastota - qaynoq shtampovkada va toblashda
ishlatiladigan metallarni induktsion qizdirish qurilmalarida.