Ma’ruza №5 Quduqlarda tadqiqot ishlarini o‘tkazish Ma’ruza rejasi




Download 266,9 Kb.
bet1/10
Sana31.05.2024
Hajmi266,9 Kb.
#258618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-ma\'ruza5

MA’RUZA №5 Quduqlarda tadqiqot ishlarini o‘tkazish

Ma’ruza rejasi:

5.1.Quduqni tadqiq qilish usullari va maqsadi

5.2. Qatlam va quduqlarning gidrodinamik parametrlari

5.3. Quduqlarni gidrodinamik tadqiq qilish

5.1.Quduqni tadqiq qilish usullari va maqsadi

  • Ma'lum bir ishlatish ob'ektini texnik va iqtisodiy jihatdan samarali ishlatish uchun, shu obektning neft va gaz qazib chiqarish jarayoniga ta’sir qiluvchi xususyatlarini batafsil bilishimiz talab qilinadi. Qatlamning ayrim xususiyatlarini qatlamdan olingan tog’ jinsi, suyuqlik va gaz namunalardan to'g'ridan - to'g'ri laboratoriya tadqiqotlari orqali o'rganish mumkin. Tog’ jinsi namunalarini (kernlar) quduqni burg’ilash jarayonida olinishi mumkin va ularning g’ovakligini, o’tkazuvchanligini, bog’liq suvlarning tarkibini va shu kabi parametrlarni laboratoriya sharoit tadqiq qilinadi. Suyuqliklar yoki gazlar namunalari quduq tubidan olinishi mumkin (chuqurlik namuna olgich deb nomlanuvchi maxsus moslama yordamida). Ularni tadqiqot qilishda yana qovushqoqlik, neftning gaz bilan to’yinish bosimi, eruvchanlik koeffitsiyenti, hajmiy koeffitsiyent va shu kabi boshqa muhim ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.

Mahsuldor qatlam va unda joylashgan syuqlik va gazlar namunalarini laboratoriyada tekshirishga asoslangan ishlatish obektini o’rganish usulini laboratoriya yoki to’g’iridan – to’g’ri tadqiqot qilish deb ataladi. Bu usullarning imkoniyati cheklangan bo’lsada katta amaliy ahamiyatga ega.To'g'ridan - to'g'ri usullardan tashqari, boshqa bog'liq xususiyatlarni o'rganishga asoslangan bilvosita usullari ham keng qo'llaniladi. Bilvosita usullarning eng muhimi – kongeofizik va gidrodinamik usulari hisoblanadi.Quduqqa elektr kabel orqali tushirilgan asboblar yordamida geofizik tadqiqotlar o'tkazilganda, u quyidagilarni o'rganadi: tog 'jinslarining elektr xususiyatlarini (elektrokarataj), radioktiv (radiokorataj), akustik, mexanik va boshqalar. Bu ma’lumotlar orqali qatlam qalinligi, g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, neftga to’yinganligi va boshqalar kabi xossalari o’rganiladi.

  • Mahsuldor qatlam va unda joylashgan syuqlik va gazlar namunalarini laboratoriyada tekshirishga asoslangan ishlatish obektini o’rganish usulini laboratoriya yoki to’g’iridan – to’g’ri tadqiqot qilish deb ataladi. Bu usullarning imkoniyati cheklangan bo’lsada katta amaliy ahamiyatga ega.To'g'ridan - to'g'ri usullardan tashqari, boshqa bog'liq xususiyatlarni o'rganishga asoslangan bilvosita usullari ham keng qo'llaniladi. Bilvosita usullarning eng muhimi – kongeofizik va gidrodinamik usulari hisoblanadi.Quduqqa elektr kabel orqali tushirilgan asboblar yordamida geofizik tadqiqotlar o'tkazilganda, u quyidagilarni o'rganadi: tog 'jinslarining elektr xususiyatlarini (elektrokarataj), radioktiv (radiokorataj), akustik, mexanik va boshqalar. Bu ma’lumotlar orqali qatlam qalinligi, g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, neftga to’yinganligi va boshqalar kabi xossalari o’rganiladi.

Download 266,9 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 266,9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza №5 Quduqlarda tadqiqot ishlarini o‘tkazish Ma’ruza rejasi

Download 266,9 Kb.