4.4.Jadvalli ma‘lumotlardan diagramma tuzish yo‘llari Excel 2010 elektron jadvalida diagrammalar yasash usullari haqida Diagramma jadval ko‘rinishda berilgan ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda
tasvirlash usuli bo‘lib, unda tasvirlangan ma’lumot tushunishga oson bo‘libgina
qolmay, balki ishni ham tezlashtiradi. Xususan ko‘p sonlar va bu sonlar orasidagi
bog‘liqlikni tasvirlashda diagrammaning roli juda muhimdir. Jarayonning strukturasi
va undagi o‘zgarishlar diagramma yordamida aniqlash mumkin. Bu narsani faqat
sonlarning o‘ziga qarab aniqlash juda mushkul. Diagrammalar ish jadval List laridagi
sonlar asosida yasaladi. Shuning uchun ham diagramma tuzishdan oldin sonlarni hosil
qilish lozim.
Odatda diagrammanii yasash uchun kerak bo‘ladigan sonlar bitta List da yoki
alohida faylda joylashadi. Bitta diagramma yasashda ixtiyoriy sondagi Listlardagi
ma’lumotlardan foydalanish mumkin, xuddi shuningdek, ixtiyoriy sondagi ish
kitoblardan ham.
Excel da yasalgan diagrammani joylashtirishning ikki usuli mavjud:
1)Diagrammani bevosita List ning o‘zida joylashtirish. Bu holda diagramma shu
Listning elementi sifatida qaraladi. Bunday diagrammalarga tatbiq etilgan
diagrammalar deb ataladi.
2)Ish kitobning yangi Listida diagrammani joylashtirish. Bu holda Listda faqat
diagramma joylashib, unda kataklar bo‘lmaydi. Oddiy List diagrammali Listdan
shunisi bilan farq qiladi. Agar siz diagrammali List ni faollashtirsangiz, u holda Excel menyusi u bilan ishlash uchun mos ravishda o‘zgaradi. Bunday Listlarga diagramma
Listlari deb ataladi.
Diagrammani joylashtirish jarayoniga bog‘liqmas holatda, uni hohlagancha
boshqarish mumkin. Uni rangini o‘zgartirish, joyini surish, masshtab yo‘laklarini
o‘zgartirish, chiziq turlarini kiritish va h.k.
Siz ishingizga mos keladigan diagrammani tajriba yo‘li bilan tanlashingiz
mumkin. Agar bu yetarli bo‘lmasa, turli usullar bilan diagrammani o‘zgartirish, Ya’ni
unga izoh, grafik, ob’ektlar kiritish mumkin. Excelda yasalgan diagramma ish jadval
List idagi ma’lumotlarga bog‘liq bo‘lib, ma’lumotlar o‘zgarishi bilan unga mos
diagramma ham avtomatik tarzda o‘zgaradi. Bu Excel da diagrammalar yasashning
eng muhim tomonidir.