Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktori. Reja




Download 1,63 Mb.
bet1/7
Sana02.06.2024
Hajmi1,63 Mb.
#259461
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktori


Ma’ruza 8. Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktori.


Reja

  1. Grafik redaktorlar haqida umumiy tushuncha

  2. Paint grafik redaktori.

Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo‘nalishlardan biri bo‘lib bormoqda. Hozirda bu yo‘nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug‘ullanmoqdalar.


Kompyuter grafikasi - kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yo‘nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko‘pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar hayotimizda keng qo‘llanila boshlandi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni tinmay o‘rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‘zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‘zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
Zamonaviy grafik dasturiy vositalar nafaqat professional rassom va dizaynerning foydalanishi uchun qulay qurollar bilan ta’minlash, balki zarur kasbiy tayyorgarlikka va badiiy ijod qobiliyatiga ega bo‘lmaganlarning ham sermahsul ishlashiga muhit yaratishga mo‘ljallab ishlab chiqilmoqda.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob’ektlar va fayllarda bo‘lgan nografik ob’ektlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb ataladi.
Kompyuter grafikasi – kompyuter boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir.
Kompyuter grafikasi mustaqil yo‘nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‘sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko‘rinmas chiziqlarni o‘chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo‘nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya’ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo‘naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va ob’ektlarni o‘rganishga qaratildi. Bu yo‘nalish uch o‘lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o‘lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarnnig uch o‘lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog‘liq masalalarning paydo bo‘lishi uch o‘lchovli grafikaga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirdi.
90-yillarda kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari ancha kengaydi, ya’ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo‘nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Bu tamoyillarga ko‘ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‘ldi.

Download 1,63 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 1,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktori. Reja

Download 1,63 Mb.