|
moviy (Cyan), binafsha (Magenta) va sariq (Yellow)
|
bet | 7/7 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #259461 |
Bog'liq Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktorimoviy (Cyan), binafsha (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar aralashmasidan paydo bo‘ladi. Ularning to‘liq aralashmasidan qora (blacK) rang hosil bo‘ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin.
CMY modeli poligrafiyada asosiy model hisoblanadi. Lekin amaldagi bo‘yoqlar turli aralashmalarga ega va ularning ranglari nazariyadagi havorang, binafsharang, sariq ranglarga mos kelmaydi. Bu uch ranglarning qo‘shilishi qora rangni emas, qandaydir g‘alati jigarrang tusni beradi. Bundan tashqari haqiqiy qora rangni olish uchun qog‘ozga ko‘p miqdorda uchala rang tushishi kerak bo‘ladi. Bu esa qog‘ozning namlanishiga olib keladi va ortiqcha xarajat hamdir.
SHu sabablarga ko‘ra, poligrafiya asosiy ranglari qatoriga (modelga ham) qora rang kiritilgan. Qora rang rangli chop etish jarayonida asosiy, kalit (Key) rang hisoblanadi, shuning uchun model nomi CMYK deyiladi. CMYK modeli - to‘rt kanalli modeldir. Bu model nazariy emas, real ranglarni tavsiflaydi. U to‘rt kanalli bo‘lgani bilan, ranglar soni uch kanalli modellardagidek bo‘ladi.
|
| |