|
Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktori. Reja
|
bet | 4/7 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #259461 |
Bog'liq Ma’ruza Grafik redaktorlar bilan ishlash. Paint grafik redaktoriRastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil o‘lcham va yacheykalarga ega bo‘lgan nuqtalar (piksellar) to‘plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘pgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishda foydalaniladi. Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarini keltirish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bo‘lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi.
Rastrli grafika – multimediya va poligrafik nashrlarni yaratishda keng qo‘llaniladi. Rastrli grafika vositasi asosida yaratilgan tasvirlar kamdan-kam holatda kompyuter dasturlari orqali qo‘lda yaratiladi. Ko‘proq bu maqsadda tasvirlar skanerlanadi. Rastrli tasvirning asosiy elementi bu nuqta hisoblanadi. Agar tasvir ekranli bo‘lsa, u holda bu nuqta piksel deb ataladi.
Yuqorida takidlangandek, rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo‘lib, har bir piksel alohida rangga ega bo‘ladi. Ular majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operatsion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir.
Paint dasturi oynasi
Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli grafik muharrirlaridan foydalanish kerak bo‘ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint va hokazo.
Adobe Photoshop muharrirlari hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashidir.
Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz har-xil tasvirlarni olish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin. Fraktal grafika - bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar yordamida qurishdir. Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarini yaratishda ko‘proq qo‘llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsientlarini o‘zgartirish yordamida har- xil rasmlarni olish mumkin.
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo‘llanilganligi sabab, uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli yotadi.
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‘llaniladi.
|
| |