|
Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi Reja
|
bet | 3/23 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 125,79 Kb. | | #140813 |
Bog'liq Ma’ruza II o‘zbek xalqining etnografiyasi, etnogenezi va etnik t-fayllar.org2-savolning bayoni: “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” – yuqorida aytib o‘tganimizdek, hozirgi zamon o‘zbeklari va voha tojiklariga xosdir. Dastlab o‘zbek va tojiklarga xos tip sifatida antropolog Yarxo “Pomir-Farg‘ona” tipini taklif qildi. Ammo, hozirgi zamon o‘zbeklari antropologik jihatdan voha tojiklari bilan bir bo‘lsada, ammo, ular antropologik tip jihatidan Pomir tojiklaridan farq qilardi. Markaziy Osiyo antropologiyasining chuqur bilimdonlari L. V. Oshanin va V. V. Ginzburglar o‘z tadqiqotlarida hozirgi zamon o‘zbeklari bilan voha tojiklari bir tipni tashkil etishlarini isbotladi va bu tipni “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” deb atadilar. Pomir tojiklarini esa Kaspiyorti tipiga kiritishni taklif qildi. Ammo “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tip”ining tarkib topish zamoni va makoni masalasida mutaxassis olimlar uzoq yillar bahslashishda davom etadilar.
Mashhur rus arxeologi va antrapologi olimi V. P. Alekseev “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ni tarkib topishini Janubiy Sibirning bronza davri qabilalari bilan bog‘lashni taklif qiladi. Ammo, Janubiy Sibir dashtlarida bronza davri yodgorliklaridan topilgan antropologik materiallar, garchi tip jihatidan “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ga yaqin populyasiya (genetik yaqinlik) bersada, biroq, Janubiy Sibirning ilk temir va antik davri kraniologik seriya materiallari tarkibi, o‘zining bronza davri qiyofasini saqlay olmagan edi. Chunki, Shimoliy xitoy mintaqalaridan kirib kelgan ilk temir davrining qorasuk madaniyati aholisi etnik tarkibida mo‘g‘ul bashara elementlar kuchli edi. Antik va ilk o‘rta asrlarga kelganda, Janubiy Sibir va Qozog‘iston cho‘llarining chorvador aholisi tarkibida Janubiy Sibir tipi hukmronlik qilar edi. Endi Markaziy Osiyo hududlariga kelganda esa, uning bronza davri aholisi sharqiy o‘rta yer dengizi tipida bo‘lib, uning tarkibiga so‘nggi bronza davridan e'tiboran yevroosiyo dashtlaridan endigina “protoevropeoid” tipi kirib kela boshlagan. Ular arxeologik adabiyotlarda “andronov madaniyati” aholisi hisoblanib, ular hali sharqiy o‘rta yer dengizi tipi bilan qorishib ulgurmagan edi. Demak, “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” bronza davrida tarkib topmagan.
Boshqa bir guruh olimlar, bu tipni tarkib topishini Markaziy Osiyoda turk hoqonligini tarkib topishi bilan bog‘lashga urinib ko‘rdilar. Chunki, bunday g‘oyani ko‘tarilishida A. Yu. Yakubovskiyning o‘zbek etnogenezining boshlanishini Turk hokonligi bilan bog‘lashi asos bo‘lgan edi. Biroq, arxeologik tadqiqotlar ko‘lamining Markaziy Osiyo hududlarida kengayib borishi va shu bilan bog‘liq holda yangidan-yangi kraniologik (odam bosh suyaklari) materiallar turkimini ko‘payishi, “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ning ildizlari yanada qadimiy ekanligidan guvohlik berardi.
Antropologlar orasida uzoq davom etgan bahslardan so‘ng bu masala bilan muntazam shug‘ullanish antropolog olim T. Q. Xojayov zimmasiga tushdi. U o‘zining nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgach, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpoq filialida ishlar edi. O‘sha kezlarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimida Arxeologiya instituti tashkil etilib, uning ilmiy-tadqiqot rejalarida paleoantropologiya ilmiy yo‘nalishi sohasini rivojlantirishga ehtiyoj katta edi. Akademiya rahbariyati roziligi bilan talantli yosh antropolog T. Q. Xoja-yovni Nukusdan Samarqandga chaqirib olishadi. Unga barcha zaruriy imkoniyatlar yaratib berilgan. T. Q. Xojayovning tinib-tinchimagan antropologlardan ekanligi tezda ko‘zga tashlanib qoldi. Institut rahbariyati va uning ilmiy jamoasi ko‘magida T. Q. Xojayov Respublika hududlarida faoliyat olib borayotgan 30 dan ortiq arxeologik otryadlar ishida bevosita qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Institut tarkibida maxsus antropologiya bo‘limi tashkil etilib, T. Q. Xojayovga bir nechta shogirdlar beriktilib berilgan. T. Xojayov shogirdlari va arxeolog hamkasblari yordamida yaqin 20 yil davomida 500 dan ortiq kraniologik seriya materiallarini qo‘lga kiritdi. Ular har xil arxeologik davr va bosqichlarga tegishli bo‘lib, ularning xronologik doirasi neolit davridan to so‘nggi o‘rta asrlar davrini qamrab olgan edi. To‘plangan paleoantropologik materiallar nafaqat O‘zbekiston viloyatlaridan, hatto qo‘shni respublika hududlaridan ham keltirilgan edi. Institut antropologlari Moskva, Leningrad (Sant-Peterburg) va boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari antropologlari bilan muntazam aloqada, ilmiy muloqotda bo‘ldilar. Paleoantropologik materiallarni o‘rganish kompleks tarzda olib borildi, “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ni tarkib topish davrini aniqlash va uning dastlab tarkib topgan makonini o‘rganishga alohida e'tibor berildi.
Nihoyat, to‘plangan materiallarni kompleks ilmiy tahlili, ularni har bir madaniy xo‘jalik va tarixiy o‘lkalar bo‘yicha arxeologik komplekslar bilan uzviy bog‘liqlikda qiyosiy o‘rganish tufayli “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi”ning makon va zamonini aniqlashga erishildi. Uzoq yillardan beri ilmiy bahslar mavzusi bo‘lib kelayotgan masala yechimi topildi, ya'ni “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” antik davrda Sirdaryoning o‘rta havzalarida tarkib topganligi aniqlandi. Bu birinchi navbatda o‘zbek xalqi etnogenezini o‘rganishda buyuk kashfiyot edi.
Professor T. Q. Xojayovning xulosalariga ko‘ra, “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” turkiy va sug‘diy tilli qabila va elatlarning qadimgi tiplari asosida, ularning uzoq davom etgan etnomadaniy qorishuvi natijasida miloddan avvalgi I-ming yillikning oxiri va milodning boshlarida tarkib topgan. Mahalliy sug‘diylar antropologik tip jihatidan sharqiy o‘rta yer dengizi tipining vakillari bo‘lgan. Ularga xos belgilar: bosh chanog‘i oval - dolixokefal, yuzi uzunchoq, bodom qovoq, ko‘zlari ko‘k, sochlari malla, qirra burun, iyagi chiqqan, jussasi kelishgan, bo‘ydor, oq tanli bo‘lgan. Ular asosan o‘troq, ko‘proq sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi. Savdoda ustasi farang, uy-ro‘zg‘orda saramjon. Mana shu tip ichiga broxikefal (dumaloq) bosh chanoqli yevropeoid tipidagi aholi kelib qo‘shilgan.
Antik davr yunon mualliflarining xabar berishiga qaraganda, sug‘diylarni turkiy qabilalar bilan chegarasi Sirdaryoning quyi havzalari bo‘lgan, ya'ni daryoning o‘ng sohilida turkiy qabilalar yashasa, chap sohilida sug‘diylar joylashgan. Har ikki tip va ikki til sohiblarining uzoq davom etgan iqtisodiy, madaniy va etnik aloqalari natijasi sifatida “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” shakllangan. T. Q. Xojayovning ta'kidlashicha, bu yangi tipning tarkib topish jarayoni xronologik jihatdan miloddan avvalgi VI asrdan to milodiy V asrgacha davom etgan. Xuddi shu davrga oid O‘zbekistonning barcha viloyatlarining 34 ta arxeologik yodgorliklaridan yangi kraniologik seriya materiallari olinib, tahlil qilingan va har bir mintaqa materiallarining o‘ziga xos xususiyatlari, dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaliklari bilan shug‘ullanuvchi aholiga xos irqiy belgilar, O‘zbekiston hududlarida yashagan qadimgi aholisi antropologik tiplarining kelib chiqishi tahlil qilingan.
|
| |