• Nazorat savollari Elektr yoyi nima Elektr yoyning so’ndirish usullari Adabiyotlar
  • MA’RUZA-12 TRANZISTORLI KUCHLI KOMMUTATORLAR Bipolyar tranzistorlar Bipolyar tranzistor
  • Yoyni yuqori bosimli gazlarda so ’ndirish




    Download 228,99 Kb.
    bet9/47
    Sana01.12.2023
    Hajmi228,99 Kb.
    #109321
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
    Bog'liq
    Ma\'ruza kirish. Reja-fayllar.org

    Yoyni yuqori bosimli gazlarda so ’ndirish. 2 MPa va undan yuqori bosimda havo ham yuqori elektr mustahkamlikka ega. Bu narsa siqilgan havoli yoy so’ndiruvchi ixcham qurilmalar qurish imkonini beradi. Bu usulda havodan tashqari yana yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan gazlar ham ishlatiladi. Misol uchun elegaz (SF6) havo va vodorodga nisbatan yuqoriroq bo’lgan elektr mustahkamlikka ega. Undan uzgichlarda keng foydalaniladi.



    Nazorat savollari
    1. Elektr yoyi nima?


    2. Elektr yoyning so’ndirish usullari?






    Adabiyotlar

    1. Imomnazarov A.T. elektromexanik tizimlarning elementlari. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik, - Toshkent.:, “Ta’lim”, 2009., -185b.


    2. Imomnazarov A.T. sanoat korxonalri va fuqarolik binolarining elektr jihozlari, - Toshkent.:, “ILM ZIYO”, 2006., -185b.


    3. Бойко В.И. и др., Схемотехника электронных систем. Микропроцессоры и микроконтроллеры. Учебник,-С-Петербург.:, БХВ 2004.


    4. Браславский И.Я. Асинхронный полупроводниковый электропривод с параметрическим управлением. –М.:, Энергоатомиздат, 1998.





    MA’RUZA-12

    TRANZISTORLI KUCHLI KOMMUTATORLAR
    Bipolyar tranzistorlar

    Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tish va uchta elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi. Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar - elektron va kovaklarning harakatiga asoslangan.
    Bipolyar tranzistor p-n-p va n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta yarim o‘tkazgichdan tashkil topgan (12.1 a va b-rasm). Endilikda keng tarqalgan n-p-n tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‘rib chiqamiz.

    Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (n+ - soha) emitter deb ataladi va u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (r - soha) injeksiyalaydi. Keyingi chekka soha (n - soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan kuchsizroq legirlangan bo‘lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (12.2- rasm). Emitter va baza oralig‘idagi o‘tish emitter o‘tish, kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa -kollektor o‘tish deb ataladi.


    12.1 – rasm.

    Tashqi kuchlanish manbalari (UEB, UKB) yordamida emitter o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa – teskari yo‘nalishda siljiydi. Bu holda tranzistor aktiv yoki normal rejimda ishlaydi va uning kuchaytirish xossalari namoyon bo‘ladi.


    12.2 – rasm.

    Agar emitter o‘tish teskari yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan bo‘lsa, u holda bu tranzistor invers yoki teskari ulangan deb ataladi. Tranzistor raqamli sxemalarda qo‘llanilganda u to‘yinish rejimida (ikkala o‘tish ham to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan), yoki berk rejimda (ikkala o‘tish teskari siljigan) ishlashi mumkin.




    Download 228,99 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




    Download 228,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoyni yuqori bosimli gazlarda so ’ndirish

    Download 228,99 Kb.