• E-mail asoslari
  • Ma’ruza mashg’ulotlari




    Download 38,99 Kb.
    bet3/5
    Sana27.05.2024
    Hajmi38,99 Kb.
    #254642
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-Mavzu Tarmoq xavfsizligi asoslari

    SMTP server — dasturlarining nokorrekt o‘rnatilishi tufayli bu serverlardan ruxsatsiz foydalanilmoqda va bu texnologiya «spam» texnologiyasi nomi bilan ma’lum;
    elektron pochta xabarlariga ruxsatsiz egalik qilish uchun oddiygina va samarali usullardan foydalanilmokda, ya’ni quyi qatlamlarda vinchesterdagi ma’lumotlarni o‘qish, pochta resurslariga kirish parolini o‘qib olish va xokazolar.
    Elektron pochtadan foydalanish jarayonning asosiy maqsadi muhim xujjatlar bilan ishlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
    Bu yerda quyidagi yunalishlar bo‘yicha takliflarni e’tiborga olish zarur:
    E-mail tizimidan tashkilot faoliyati maqsadlarida foydalanish;
    shaxsiy maqsadda foydalanish;
    maxfiy axborotlarni saqlash va ularga kirish:
    elektron xatlarni saqlash va ularni boshqarish.


    E-mail asoslari
    Internetda asosiy pochta protokollariga quyidagilar kiradi:
    SMTP (Simple Mail Transfer Protocol);
    POP (Post Office Protocol);
    IMAP (Internet Mail Access Protocol);
    MIME (Multi purpose Internet Mail Extensions).
    Bular bilan birma-bir tanishib chiqamiz:
    SMTP — ushbu protokol asosida server boshqa tizimlardan xatlarni qabo‘l qiladi va ularni foydalanuvchining pochta ko‘tisida saqlaydi. Pochta serveriga interaktiv kirish xuquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar o‘z kompyuterlaridan bevosita xatlarni o‘qiy oladilar. Boshqa tizimdagi foydalanuvchilar esa o‘z xatlarini ROR-3 va IMAP protokollari orqali o‘qib olishlari mumkin;
    POP — eng keng tarkalgan protokol bo‘lib, serverdagi xatlarni, boshqa serverlardan qabul qilingan bo‘lsa-da, bevosita foydalanuvchi tomonidan o‘qib olinishiga imkoniyat yaratadi. Foydalanuvchilar barcha xatlarni yoki xozirgacha o‘qilmagan xatlarni ko‘rishi mumkin. Xozirgi kunda POP ning 3-versiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib va autentifikatsiyalash usullari bi­lan boyitilgan;
    IMAP — yangi va shu bois ham keng tarqalmagan protokol sanaladi.
    Ushbu protokol quyidagi imkoniyatlarga ega:
    pochta qutilarini yaratish, o‘chirish va nomini o‘zgartirish;
    yangi xatlarning kelishi;
    xatlarni tezkor o‘chirish;
    xatlarni qidirish;
    xatlarni tanlab olish.
    IMAR sayoxatda bo‘lgan foydalanuvchilar uchun RORga nisbatan qulay bo‘lib hisoblanadi;
    MIME — Internet pochtasining ko‘p maqsadli kengaytmasi so’zlari qisqartmasi bo‘lib, u xatlarning formatini aniqlash imkonini beradi, ya’ni:
    matnlarni har xil kodlashtirishda jo‘natish;
    xar xil formatdagi nomatn axborotlarni jo‘na­tish;
    xabarning bir necha qismdan iborat bo‘lishi;
    xat sarlavhasida har xil kodlashtirishdagi ma’lumotni joylashtirish.
    Ushbu protokol elektron raqamli imzo va ma’lumotlarni shifrlash vositalaridan iborat bo‘lib, bundan tashqari uning yordamida pochta orqali bajariluvchi fayllarni xam jo‘natish mumkin. Natijada, fayllar bilan birga viruslarni xam tarqatish imkoniyati tug‘iladi.

    Download 38,99 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 38,99 Kb.