• Elektron pochtada mavjud xavflar.
  • E-maildagi mavjud muammolar




    Download 38,99 Kb.
    bet4/5
    Sana27.05.2024
    Hajmi38,99 Kb.
    #254642
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    9-Mavzu Tarmoq xavfsizligi asoslari

    E-maildagi mavjud muammolar


    Elektron pochta bilan ishlash jarayonida quyidagi xatolarga yo‘l quyish mumkin:
    xatni tasodifan jo‘natish;
    xatning noto‘g‘ri manzil bo‘yicha jo‘natilishi;
    xatlar arxivining keskin oshib ketishi oqibatida tizimning ishdan chiqishi;
    yangiliklarga noto‘g‘ri obuna bo‘lish;
    xatni tarqatish ro‘yxatida xatoga yo‘l quyish.
    Agar tashkilotning pochta tizimi bevosita Internetga ulangan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibati keskin oshib ketadi.
    Ushbu xatolarning oldini olish usullarining ba’zi birlari quyidagilar:
    - foydalanuvchilarni o‘qitish;
    - elektron pochta dasturlarini to‘g‘ri konfiguratsiyalash;
    - Internetdagi protokollarga to‘liq amal qiluvchi dasturlarni qo‘llash.
    Bundan tashqari elektron pochtaning shaxsiy maqsadda ishlatilishi tashkilot raxbariyati uchun ba’zi bir muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki E-mail manzilida tashkilot nomlari aks ettirilgan bo‘lishi extimoldan xoli emas. Natijada, shaxs jo‘natayotgan xat tashkilot nomidan deb qabul qilinishi mumkin. Shu bois, telefonlar kabi YE-maildan shaxsiy ishlar uchun foydalanishni cheklab quyish zarur bo‘ladi. Albatta, buni joriy qilish qiyin masala.

    Elektron pochtada mavjud xavflar.


    Elektron pochta bilan ishlash jarayonida quyidagi xavflar mavjud:
    1. Jo‘natuvchining kalbaki manzili. Qabul qilingan xatni E-mail manzili aniqligiga to‘liq ishonch xosil qilish qiyin, chunki xat jo‘natuvchi o‘z manzilini qalbakilashtirishi mumkin.
    2. Xatni qo‘lga kiritish. Elektron xat va uning sarlavhasi o‘zgartirilmasdan, shifrlanmasdan jo‘natiladi. Shu bois, uni yo‘lda qo‘lga kiritish va mazmunini o‘zgartirishi mumkin.
    3. Pochta «bomba»si. Pochga tizimiga ko‘plab elektron xatlar jo‘natiladi, natijada tizim ishdan chiqadi. Pochta serverining ishdan chiqish xolatlari quyidagilardir:
    disk to‘lib qoladi va keyingi xatlar qabul qilinmaydi. Agar disk tizimli bo‘lsa, u xolda tizim tamomila ishdan chiqishi mumkin;
    kirishdagi navbatda turgan xatlar sonining oshib ketishi natijasida keyingi xatlar umuman navbatga quyilmaydi;
    • olinadigan xatlarning maksimal sonini o‘zgartirish natijasida keyingi xatlar qabul qilinmaydi yoki o‘chiriladi;
    foydalanuvchiga ajratilgan diskning to‘ldirilishi natijasida keyingi xatlar qabul qilinmaydi va diskni tozalab bo‘lmaydi.
    4. «Qo‘rqinchli» (noxush) xat. Internet orqali olinadigan elektron xatlarning umuman noma’lum shaxslar tomonidan jo‘natilishi va bu xatda foydalanuvchilarning shaxsiyatiga teguvchi so‘zlar bo‘lishi mumkin.

    Download 38,99 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 38,99 Kb.