• Sistema bloki komponentlarini o‘rganish. Ma’ruza bayoni Hammasi qanday boshlandi
  • 1834-yilda
  • -mavzu: Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari. Sistema bloki komponentlarini o‘rganish




    Download 178,89 Kb.
    bet9/56
    Sana10.01.2024
    Hajmi178,89 Kb.
    #133838
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
    Bog'liq
    Ma’ruza matnlari 1-mavzu Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va -www.fayllar.org (1)
    adabiyotlar sharhi docx, 9 - ma\'ruza, 14 chilangar, 14 mavzu gazuskuna, QOVOQNING KIMYOVIY TARKIBI VA UNING XALQ TABOBATIDA SHIFOBAXSH, etalonnaya model dlya sinteza modalnogo regulyatora sitemy avtomaticheskogo, Jismoniy tarbiya fanidan attestatsiya savollari 2022 Oliy toifa uchun, Electronics Workbench , Writing Task2, 5-SINF 17-dars, 19348, bmi [Автосохраненный], Mundarija, kurs ishi
    2-mavzu: Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari. Sistema bloki komponentlarini o‘rganish.
    Reja:


    1. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi.


    2. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari.


    3. Sistema bloki komponentlarini o‘rganish.



    Ma’ruza bayoni
    Hammasi qanday boshlandi
    Insoniyat har doim har xil hisob-kitoblarni soddalashtirishga intilgan. Hisoblash uchun dastlabki qurilmalar qadimgi Yunoniston va boshqa qadimiy davlatlarda paydo bo'la boshladi. Ammo bu oddiy texnikaning deyarli barchasi kompyuter bilan hech qanday aloqasi yo'q. Elektron kompyuterlarning eng muhim xususiyati dasturlash qobiliyatidir.
    Dastlabki kompyuter 1834-yilda ingliz muhandisi Charlz Bebbij tomonitan yaratilgan, unda: yog‘ochdan ishlangan «diskovod», kartonli perfokartalar, tishli va richagli «protsessor» mavjud edi. Charlz Bebbijning «analitik» mashinasi — mexanik apparat bo‘lib, hisoblashni avtomatlashtirishga mo‘jallangandi. Mazkur mashinaning logarifmik va trigonometrik funksiyalari uni universal hisoblash qurilmasi deb atash imkonini berardi. Universal hisoblash mashinasi zamonaviy raqamli kompyuterlarimizning munosib ajdodi edi. Bebbijning yagona mantiqiy sxemasiga asoslangan arifmetik qurilmasi (uni o‘zi «tegirmon» deb ataydi), xotira registrlari («ombor») va uch turdagi perfokartalar yordamida amalga oshirilgan kiritish-chiqarish qurilmasidir. Perfokartalar yordamida mashina qo‘shish, bo‘lish, ko‘paytirish operatsiyalarini amalga oshirardi. Perfokartalar ma’lumotlarni arifmetik qurilma xotirasidan uzatish va aksincha amallarning boshqarilishida qo‘llanilgan. Sonli perfokartalar ma’lumotlarni mashinaga kiritish va agar xotirasiga joy yetarli bo‘lsa, hisoblash natijalarini saqlashda qo‘llanilgan.
    Londondagi Fanlar muzeyida Charlz Bebbijning yakunlanmagan hisoblash qurilmasi mexanizmlarining qismlarini ko‘rish mumkin. 1991-yilda “farqlar” mashinasi uning dastlabki chizmalari asosida qurildi, qurilma juda yaxshi amal qilardi, afsuski, ixtirochining o‘zi mazkur qurilmasining amal qilishini ko‘rmay ketdi. Uning «farqlar» mashinasi haqida yozuvchilar Bryus Sterling va Uilyam Gibson roman yaratgan. Bundan tashqari, ko‘plab yozuvchilar u haqda hikoya, fantastik roman va boshqa janrlarda badiiy asarlar yaratganlar.


    Charlz BebbijningFarqlar” mashinasi
    Doktor Konrad Ernst Otto Zuse nemis muhandisi va kompyuter kashshofi edi. U Z3 nomli birinchi yuqori darajadagi dasturlash tili Plankalkul yaratuvchisi sifatida tanilgan.

    Z3 1935 yilda Konrad Zuse tomonidan ishlab chiqilgan va 1941 yilda tugatilgan nemis elektromexanik kompyuteri edi. Zuse dunyodagi birinchi ishlaydigan dasturlashtiriladigan, to'liq avtomatik raqamli kompyuter hamda birinchi dasturlash tili Plankalkul yaratuvchisi edi. U taxminan 5-10 Gts tezlik bilan ishlagan (5-10 Gts - 1 sekundda 5-10 amal bajarilishini bildiradi). Xotirasi 22 bitli so'z uzunligidan iborat bo'lgan 2600 ta rele bilan qurilgan. Dastur kodi teshilgan plyonkada (perfolentada) saqlangan. Dastlabki ma’lumotlarr qo'lda kiritilgan. Z3 hayotiy ahamiyatga ega deb hisoblanmagan, shuning uchun u hech qachon kundalik xizmatda ishlatilmagan. Faqat xarbiy maqsadlarda samolyot qanotlarining chayqalishi muammolarini hal qilish uchun ishlatilgan. Zuse Germaniya hukumatiga releni to'liq elektron kalitlarga almashtirish uchun mablag' so'rab murojaat qildi, ammo uning murojaati rad etildi, chunki bunday rivojlanish "urush uchun muhim emas" deb hisoblangan. Asl Z3 1943 yil 21 dekabrda Ittifoqchilar tomonidan Berlinni bombardimon qilish paytida yo'q qilingan. To'liq ishlaydigan nusxa 1961 yilda Zuse kompaniyasi Zuse KG tomonidan qurilgan bo'lib, hozirda Myunxendagi Germaniya muzeyida saqlanmoqda.



    Myunxendagi Germaniya muzeyi ko'rgazmasidagi Z3 kompyuteri nusxasi


    Download 178,89 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




    Download 178,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari. Sistema bloki komponentlarini o‘rganish

    Download 178,89 Kb.