• 6.1. MS Excel darchasining tuzilishi.
  • Маъруза ms excel elektron jadvalda ishlash. Reja




    Download 241.27 Kb.
    bet1/8
    Sana03.05.2023
    Hajmi241.27 Kb.
    #56117
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Маъруза ms excel elektron jadvalda ishlash. Reja
    fan oylik shahlo, SHAXRIYOR Ofis tehnika, 0e55666a4ad822e0e34299df3591d979 (1), saidumar mustaqil ishi 1 (1), Laboratoriya ishi №2 Mavzu Standart funksiyalardan foydalanib s, Ызбекистон Республикаси, 9informata darslik

    Маъруза 6. MS Excel elektron jadvalda ishlash.
    Reja:

    1. MS Excel darchasining tuzilishi. [1,61-65]

    2. Katakchalar bilan ishlash. [1,66-68]

    3. Diagrammalar. [1,68-70]

    4. Funksiya va formulalar bilan ishlash. [1,70-72]

    Tayanch iboralar: Katakchalar , diagrammalar, funksiyalar, formulalar, gistogrammalar.




    6.1. MS Excel darchasining tuzilishi.
    Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operasion qobiq dasturi boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan.
    Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excel atamasida bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi.
    Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag’ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi shundaki, barcha hisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
    Excel elektron jadvali 65536 ta satr (row) va 256 ta ustun (column)dan iborat. Qatorlar 1 dan 65536 gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa, lotin alifbosining harflari bilan belgilanadi: A, B, ... , Z. Agar harflar yetishmasa, ikkita harflar birikmasidan foydalaniladi: AA, AB, ... , IV. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi - yacheyka (cell) joylashgan. Yacheyka nomeri ustun va satr nomerlarining birikmasidan tashkil topadi. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun yoki satrning o’lchamini o’zgartirish ham mumkin.Jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil (adres) ko’rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan A1, B4, F9, AB3 kabi ko’rsatiladi.
    Excel dasturi yuklangandan so’ng, ekranda uning umumiy ko’rinishdagi ishchi stoli ekranga chiqadi.
    Ishchi stolning birinchi qatorida dastur sarlavhasi ishga tushirilgan fayl nomi bilan birgalikda (Microsoft Excel-Kniga1) hamda oynani boshqarish tugmachalari joylashgan.
    Ikkinchi qatorida Excel dasturining buyruqlarini saqlovchi menyu satri joylashgan.

    Menyu satridan keyingi bir nechta qatorda Excel dasturi bilan ishlashni osonlashtiruvchi Standartnaya(Стандартная)

    va Formatirovaniye (Форматирование)

    uskunalar majmuasi joylashgan. Agar dastur bilan ishlash jarayonida boshqa uskunalar majmuasi bilan ishlash zaruriyati tug’ilsa, uni ham oynaning ixtiyoriy chegarasiga o’rnatish mumkin.



    Download 241.27 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 241.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Маъруза ms excel elektron jadvalda ishlash. Reja

    Download 241.27 Kb.