|
Ma’ruza Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. O‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar kontsentrida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish
|
bet | 1/5 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 34,45 Kb. | | #141568 |
Bog'liq Ma’ruza Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish met-fayllar.org
Ma’ruza Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi
Ma’ruza 1. Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. O‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar kontsentrida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi.
Reja:
O‘nlik» konsentrida arifmetik amallarni o‘rganish.
“Yuzlik” konsentrida arifmetik amallarni o`rganish.
Yig`indi va ayirma haqida tushuncha.
Nol bilan tugaydigan sonlar ustida arifmetik amallar
100 ichida qo`shish va ayirish. 100 ichida ko`paytirish va bo`lish.
I bosqich. Тayyorgarlik bosqichi:
Qo‘shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochish; a+1
ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish hollari.
Raqamlashni o‘rganish jarayonida birinchi o‘nlikdagi har bir son o‘zidan
oldingi songa birni qo‘shishdan hosil bo‘lishi yoki o‘zidan keyingi sondan
birni ayirish yo‘li bilan hosil bo‘lishi bolalar ongiga yetkazilgan edi, bu bolalarga sonlarning qatordagi tartibini o‘sish bo‘yicha ham o‘zlashtirish
imkonini beradi.
10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganishga bag‘ishlangan darsda bolalar olgan bilimlarini umumlashtirish kerak, umumlashtirish asosida a+1 va
a-1 ko‘rinishdagi hollar uchun jadvallar tuziladi va bu jadvallarni bolalar tushunib olishlari va xotirada saqlashlari kerak
Birinchi darsdanyoq (1–1=0 va 0+1=1) ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish
xollari qaraladi.
II bosqich. a+2, a+3, a+4 ko‘rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari
bilan tanishish.
Bu ko‘rinishdagi holatlar uchun taxminan bir xil reja tuzib ishlash mumkin.
1. Yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik sifatida sonlarning ikki
qo‘shiluvchidan iborat tarkibining mos hollari va qo‘shish hamda ayirishning
o‘rganilgan jadval hollari takrorlanadi. a+4 hollariga doir usullarni qarashdan oldin 4 sonining tarkibi a+1, a+2, a+3 hollaritakrorlanadi.
2. Mos hisoblash usuli (sonni qismlari bo‘yicha qo‘shish va ayirish usullari) bilantanishish.
3. Yangi bilimlarni mustahkamlash va bu bilimlarni har xil vaziyatlarda
qo‘llash.
4. Qo‘shish sonlarining tarkibi va ayirishning mos hollariga to‘g‘ri keladigan jadval hollarini ongli o‘zlashtirish va eslab qolishga doir ishlar.
Hisoblash usullarini mustahkamlash uchun 2 ni qo‘shish va ayirish bilan
bog‘liq bo‘lgan misollar va masalalar og‘zaki va yozma usulda yechiladi, 2
talab qo‘shish va 2 talab ayirishga doir mashqlar bajariladi.
3.Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasini o‘qitish
Qo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirish usullarini bolalar tushunib olishlari uchun dastlab ularga qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi mohiyatini
ochib berish maqsadga muvofiqdir.
Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tanishtirish mumkin. O‘quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi.
O ‘ q i t u v c h i : 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying.
Uchburchaklar nechta bo‘ladi? Buni qanday bildingiz?
O ‘ qu vc h i : 4 ga 3 qo‘shilsa 7 hosil bo‘ladi ( yozadi: 4+3=7).
O ‘ q i t u v c h i : endi uchburchaklarning ranggiga qarab yana ajrating va 4
ta uchburchakni 3 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta
bo‘ladi?
O ‘ qu vc h i : bu gal ham 7ta (yozadi 4+3=7).
O ‘ q i t u v c h i : bu misollarni sonlarning qo‘shishdagi parametr nomlari bilan aytib bering.
O ‘ qu vc h i : birinchi qo‘shiluvchi 4, ikkinchi qo‘shiluvchi 3, yig‘indi 7. Birinchi qo‘shiluvchi 3 ikkinchi qo‘shiluvchi 4 yig‘indi 7.
Shunga o‘xshash x-4=3, 8-x=5 kabi ayirishdagi no’ma’lum komponnentlarni topishga doir ham yetarlicha misollarni yechdirish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’ruza Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. O‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar kontsentrida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish
|