• Folksonomiya
  • Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja




    Download 273,01 Kb.
    bet5/95
    Sana17.11.2023
    Hajmi273,01 Kb.
    #100531
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
    Bog'liq
    Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

    Web-sindikasiya (RSS va Atom texnologiyalari asosida) – axborot (audio- va video shular
    qatorida)ning turli sahifa va Web-saytlarga bir vaqtning o‗zida tarqalishi.
    Web mash-up – boshqa manbalardagi axborotlarni to‗liq yoki qisman jalb etgan holda
    foydalanuvchiga yangi imkoniyatlar beruvchi servis. Shu bilan birga Web mash-up boshqa
    Web mash-up servislar uchun ham manba bo‗lishi mumkin. Bunda bir biriga bog‗langan va bir
    biri bilan integrasiyalashgan to‗r hosil bo‗ladi.
    Teglar – ko‗rilayotgan obyektni ta‘riflovchi yoki uni biron kategoriyaga kirituvchi kalit
    so‗zlar. Ularga obyektning boshqa obyektlar qatorida o‗rnini ko‗rsatuvchi belgi sifatida ham
    qarash mumkin.
    Folksonomiya – Inglizcha folk – (xalq) + taxonomy – (taksonomiya) so‗zlaridan kelib
    chiqqan. Teg orqali Web-sayt axborotini (ishorat, surat, video va h.k.) turlash.
    Ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minoti – Web foydalanuvchilarga axborot almashish va
    birgalikda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar ko‗lami.
    Web 2.0 ning kamchiliklari:
    Internetga doimo ulangan bo‗lishi;
    Saytlarning imkoniyatlari ularni yaratgan kompaniyalarga bog‗liqligi;
    Servislarning ish sifati boshqa ko‗plab kompaniyalarga bog‗liqligi;
    Mavjud Web-infrastrukturalarining murakkab hisob-kitob vazifalarni bajarishdagi
    imkoniyatlarining cheklanganligi;
    Boshqa serverda saqlanayotgan shaxsiy ma‘lumotlarga ruxsat so‗ramasdan egalik qilish.
    Meshaplar. Meshap (Mashup) - yagona integrasiyalashgan instrumentlar doirasida bir
    nechta manbalardan olingan ma‘lumotlarni birlashtiruvchi gibrid Web-ilova. Meshap kontentni
    odatda tashqaridan ochiq interfeyslar, Web-servislar, Web-manbalardan (masalan,
    RSS yoki Atom) yoki boshqa dasturlar tomonidan generasiyalashtiriladigan hujjatlarni tahlil
    etish orqali oladi.
    Odatda meshaplar Amazon, eBay, Flickr, Google, Microsoft, Yahoo va YouTube larning
    dasturiy interfeysarini ishlatadi.
    Meshap arxitekturasi 3 qismdan iborat:
    kontent provayderi – ma‘lumotlar manbayi;
    meshapning o‗zi – unga tegishli bo‗lmagan manbalardin foydalangan holda yangi
    imkoniyatlarni beruvchi Web-ilova;
    kliyent – meshapning Web-sahifasini aks ettiruvchi Web-brauzer.
    Turli meshaplar RSS, Web-servislar, pochta xabarlari generasiya qilishi mumkin.
    Microsoft kompaniyasi foydalanuvchilarga maxsus Microsoft Popfly saytini taqdim qiladi.
    Bu sayt foydalanuvchilarga Web-sahifalarni yaratish, dastur kodi fragmentlarini (qayta ishlatish
    uchun) va Microsoft Silverlight ko‗magida ishlaydigan ilovalarni ishlab chiqish paketi
    yordamida meshaplarni yaratish imkonini beradi.
    Saytda Microsoft Silverlight ga asoslangan to‗rtta instrument mavjud:
    O‗yinlar ishlab chiquvchilar
    Meshaplarni ishlab chiquvchilar
    Web-sahifa ishlab chiquvchilar
    Popfly Space – foydalanuvchilar uchun tayyor meshap va Web-sahifalarni joylashtirish
    mumkin bo‗lgan makon.
    Ijtitmoiy tarmoqlar uchun ilovalar
    ―Ijtimoiy Web‖ (Social Web) tushunchasi WWW tarmog‗i yordamida
    foydalanuvchilarning bir-biri bilan muloqoti va ularning hamkorligi tushuniladi.
    Foydalanuvchilarning birlashishiga ularning turlicha qiziqishlari asos bo‗lib xizmat qiladi.
    Ijtimoiy dasturiy ta‘minot – bu foydalanuvchilarning hamkorligini va ma‘lumot
    almashishiga imkoniyat beruvchi keng miqyosdagi dasturlar tizimi. Bu kompyuter vositaligidagi
    ijtimoiy hamkorlik usuli ayniqsa MySpace, Facebook, Odnoklassniki, v kontakte.ru ijtimoiy
    saytlar, Flickr va YouTube media saytlar, eBay tijorat saytlari kabi ijtimoiy saytlarning paydo
    bo‗lishidan keyin ommalashib ketdi.
    Bunday ilovalarning ko‗pi umumiy xususiyatlarga ega: ochiq API, servisga yo‗naltirilgan
    dizayn, masofadan turib ma‘lumotlarni kiritish imkoniyati va h.k.z. Bunday ilovalarni Web 2.0.
    tizimiga mansub deb qaralishi qabul qilingan.
    Ijtimoiy dasturiy ta‘minot ichida ikki guruh instrumentlarini ajratish mumkin:
    kommunikasion va interaktiv:
    Kommunikativ instrumentlar matn, audio va video formatdagi ma‘lumotlarni yozib olish,
    saqlash va taqdim qilish uchun ishlatiladi.
    Interaktiv instrumentlar asosiy urg‗uni foydalanuvchilar orasidagi aloqaga va ular
    orasidagi muloqot mexanizmiga beradi.
    Kommunikativ instrumentlar asinxron bo‗ladi, interaktiv instrumentlar esa sinxron bo‗lib,
    real vaqt rejimida foydalanuvchilarning hamkorligini ta‘minlaydi (m-n, Internet-telefoniya,
    videochatlar va boshqalar).
    Ijtimoiy dasturiy ta‘minotga dasturiy tizimlarni misol qilib keltirish mumkin:
    Tezkor ma‘lumotlar bilan almashish tizimi ( IM - Instant messaging ) tarmoq orqali boshqa
    foydalanuvchilar bilan real vaqtda muloqotda bo‗lish imkoniyatini beradi (nisbatan muhofaza
    qilingan rejimda).
    Ularning ommaboplari-Skype, ICQ, Yahoo! Messenger, MSN Messenger, AOL Instant
    Messenger, Miranda IM. Biznesga yo‗naltirilgan tizimlar - IBM Lotus Sametime,
    Microsoft Messenger, Jabber.
    Internet-chatlar ( IRC - Internet Relay Chat ) bir nechta foydalanuvchilarga barovariga real
    vaqtda muloqot qilish imkoniyatini beradi.
    Internet-forumlar elektron konferensiyalarning o‗rniga kelib, foydalanuvchi boshqalar
    uchun yangi mavzular yaratishi mumkin. Foydalanuvchilar mavzuni ko‗rib chiqib o‗zining fikrmulohazalarini
    yozishi mumkin.
    Web-bloglar ( web logs ), yoki qisqacha ―bloglar‖, ba‘zi foydalanuvchilarning shaxsiy onlayn
    jurnallari sifatida etirof etiladi. Blog egasi xabarlarni o‗zining jurnaliga joylashtirishi
    mumkin, foydalanuvchilar esa ularga o‗zining munosabani sharh (kommentariy) sifatida berishi
    mumkin.
    Viki-ma‘lumotnomalar ( wiki ), yoki vikilar, - bu aslida Web-saytlar bo‗lib, uning
    mazmuni unga kirgan foydalanuvchilar tomonidan o‗zgartirib borilishi mumkin. Bunga eng
    yaqqol misol – Vikipediya.
    Ijtimoiy servis tarmoqlari foydalanuvchilarga umumiy qiziqishlari atrofida on-layn rejimda
    birlashish imkoniyatlarini berishi mumkin. Masalan, ba‘zi saytlar servislari hamkorlik qidirish
    maqsadida shaxsiy ma‘lumotlarni ommalashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, LinkedIn, V
    kontakte.
    Qaror qabul qilish ijtimoiy tarmoqlari – qaror qabul qilish uchun muhokamalar uchun
    mo‗ljallangan Web-saytlar. Mas‘ul shaxslarning hukumat vakillari bilan doimo muloqatda
    bo‗lish uchun o‗rnatiladi.
    Tijorat ijtimoiy tarmoqlar asosan biznes bilan bog‗liq jo‗natmalar, muayyan maxsulotga
    bo‗lgan ijobiy fikrni shakllantirish, uni yaxshilash va h.k.z. Bu orqali maxsulot to‗g‗risida
    ma‘lumotni iste‘molchiga to‗liq yetkazish imkonini beradi, maxsulotning bozorga kirib kelishi,
    iste‘molchining maxsulot sotilishidagi ishtirokini ta‘minlaydi.
    Ijtimoiy zakladkalar (social bookmarking) – ba‘zi Web-saytlar foydalanuvchilarga
    boshqalar uchun ommabop Web-saytlar ro‗yxatini taqdim qilish imkonini beradi. Masalan,
    del.icio.us.
    Ijtimoiy katalogalar (social cataloging) – akademik sohaga yo‗naltirilgan bo‗lib, ilmiy
    maqolalardagi sitatalar bilan ishlashga mo‗ljallangan. Masalan, Academic Search Premier,
    LexisNexis Academic University, CiteULike, Connotea.
    Ijtimoiy kutubxonalar – bu ilovalar bo‗lib, foydalanuvchilar unda kolleksiya, kitob, audio,
    video resurslarga ega bo‗lish imkonini beruchi ishoralar joylashtiriladi. Masalan, discogs.com,
    imdb.com.
    Ko‗p foydalanuvchilarga mo‗ljallangan tarmoq o‗yinlari (Massively Multiplayer Online
    Games) ochkolar, daraja, musobaqadorlik, yutganlar va yutqizganlarni hisob-kitob qilib beruvchi
    virtual dunyoni imitasiya qilish tizimi. Masalan, World of Warcraft.

    Download 273,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




    Download 273,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja

    Download 273,01 Kb.