|
Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja
|
bet | 8/56 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #259295 |
Bog'liq Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tTunnel teshilish. Teskari tok hosil bo‘lishida termo-generatsiya natijasida hosil bo‘lgan EZTlardan tashqari r – sohaning valent zonasidan n – sohaning o‘tkazuvchanlik zonasiga tunnel o‘tuvchi elektronlar ham qatnashishi mumkin. Elektron-larning o‘z energiyasini o‘zgartirmasdan (izoenergetik) potensial to‘siq orqali sizib o‘tishi tunnel o‘tish deb ataladi. Tunnel o‘tish bo‘lishi uchun ikkita shart bajarilishi zarur:
a) potensial to‘siq kengligi d ≤ 10 nm bo‘lishi, ya’ni p+-n+ - sohalarda kiritmalar konsentratsiyasi 5∙1018 sm-3 dan yuqori bo‘lmog‘i lozim;
b) teskari kuchlanish ta’sirida energetik zonalar shunday surilsinki, p – sohaning to‘ldirilgan valent zonasi qarshisida n – sohaning o‘tkazuvchanlik zonasi to‘ldirilmagan sathlari yotsin.
Teskari kuchlanish bo‘sag‘aviy kuchlanishdan katta bo‘lgan (UTYeS > UBO‘S) holda p+-n+ - o‘tishning energetik diagrammasi 8-rasmda keltirilgan. Bunda elektronning 1-nuqtadan 2-nuqtaga tunnel o‘tishi strelka bilan ko‘rsatilgan. r – yarimo‘tkazgichning valent zonasidagi elektron EZT emas ekanligini ta’kidlab o‘tamiz. U n – yarimo‘tkazgichning o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tgandan keyingina o‘zini EZTdek tutadi. Shunday qilib, valent elektronning r – sohadan n –sohaga tunnel o‘tishi natijasida teskari tok qiymatiga ulush qo‘shuvchi elektron-kovak juftligi generatsiyalanadi.
8-rasm. Teskari kuchlanish berilganda p+-n+ - o‘tishning
energetik diagrammasi.
O‘tkazuvchanlik elektronlarining n – yarimo‘tkazgichdan r – yarimo‘tkazgich valent zonasi vakant (bo‘sh) sathlariga tunnel o‘tishi elektron-kovak juftliklarning rekombinatsiyalanishiga va o‘z navbatida, teskari tokning kamayishiga olib keladi. Elektron-kovak juftliklarining generatsiyalanish jadalligi rekombinatsiyalanish jadalligiga nisbatan ancha yuqori. Teskari kuchlanish ortishi bilan tunellashuv intervali (oralig‘i) va undagi elektron-lar soni ortishi hisobiga tunnel tok keskin ortadi.
Tunnel teshilish teskari tokining teskari kuchlanish UTYeSK ga bog‘liqligi ko‘chkili teshilishdagiga o‘xshash bo‘lib, tikligi kichikroqdir.
p-n o‘tishning issiqlik teshilishi undan teskari tok oqqanida issiqlik yetarlicha sochilmasligi natijasida p-n o‘tish qizib ketishi hisobiga yuz beradi. Qizish teskari tok qiymatini oshiradi, natijada, p-n o‘tish yanada ko‘proq qiziydi, oqibatda p-n o‘tish ishdan chiqadi.
p-n o‘tishning differensial qarshiligi va sig‘imi uning muhim elektr parametrlari hisoblanadi.
|
| |