• Yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar statistikasi. Yarimo‘tkazgichlar elektr utkazuvchanligi. Yarimo‘tkazgichdagi toklar.
  • Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja




    Download 1,75 Mb.
    bet1/56
    Sana02.06.2024
    Hajmi1,75 Mb.
    #259295
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
    Bog'liq
    Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t


    10-11-Ma’ruza. YARIMO‘TKAZGICHLARNING ELEKTROFIZIK XOSSALARI. YARIMO‘TKAZGICHLARDA KONTAKT XODISALARI.


    Reja:



    1. Qattiq jism zonalar nazariyasi elementlari. Xususiy va legirlangan yarimo‘tkazgichlar energetik zonalari.

    2. Yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad tashuvchilar statistikasi. Yarimo‘tkazgichlar elektr utkazuvchanligi. Yarimo‘tkazgichdagi toklar.

    3. Erkin zaryad tashuvchilarning muvozanat holatdagi konsentratsiyasi. Nomuvozanat zaryad tashuvchilar.

    4. p-n o‘tishning teshilish turlari. p-n o‘tishning elektr parametrlari. Metall-yarimo‘tkazgich o‘tishlar. Geteroo‘tishlar.



    10.1. Qattik jism zonalar nazariyasi elementlari. Xususiy va legirlangan yarimo ‘tkazgichlar energetik zonalari.

    Bipolyar tranzistor ixtiro qilingandan (1948 yil) buyon yarimo‘tkazgichlar elektronikasi deb ataluvchi soha tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Issiqlik ta’sirida yarimo‘tkazgichdagi valent elektronlarning ma’lum qismi erkin zaryad tashuvchilarni yuzaga keltirishi mumkin. Yarimo‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi yorug‘lik oqimi, zarralar oqimi, kiritmalar konsentra-tsiyasi gradiyenti, elektr maydon va boshqalar ta’sirida ham o‘zgarishi mumkin. Yarimo‘tkazgichlarning bu xossasidan turli vazifalarni bajaruvchi diodlar, tranzistorlar, termistorlar, fotorezistorlar, varikap va boshqa yarimo‘tkazgich asboblar tayyorlashda foydalaniladi.


    Elektr o‘tkazuvchanlik, ya’ni elektr kuchlanish ta’sirida moddalardan elektr tok o‘tkishi uning elektr maydonga nisbatan asosiy xususiyatini belgilaydi. Bu kattalik qiymat jihatdan Om qonunining differensial ko‘rinishi bo‘lib, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik bilan baholanadi:
    (1)
    bu yerda, tok zichligi vektori, – elektr maydon kuchlanganligi vektori.
    Elektr o‘tkazuvchanlik elektr maydon yoki kiritmalar konsentratsiyasi gradiyenti ta’sirida erkin zaryad tashuvchilar (EZT) harakati hisobiga amalga oshadi.
    Yarimo‘tkazgichda bir vaqtning o‘zida turli massa va ishoraga ega bo‘lgan EZTlar mavjud bo‘lib, ular elektr maydon ta’sirida turli tezlik ka ega bo‘ladilar. Shuning uchun elektr toki zich-ligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
    (2)
    bu yerda, – EZTlar konsentratsiyasi, – ularning zaryadi.
    Yarimo‘tkazgich materiallar kristall, amorf va suyuq holatda bo‘lishi mumkin. Yarimo‘tkazgichlar texnikasida asosan, kristall yarimo‘tkazgichlar (asosiy moddaning 1010 atomiga bittadan ortiq bo‘lmagan kiritmalar atomi to‘g‘ri keluvchi monokristall) ishlatiladi. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha metallar bilan dielektriklar oralig‘ida joylashgan moddalar yarimo‘tkazgichlarga kiradi. Xususiy, ya’ni kiritmasiz yarimo‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi ning temperaturaga bog‘liqligi xususiy konsentratsiya ning temperaturaga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Kremniy uchun nisbiy xususiy o‘tkazuvchanlikning temperaturaga bog‘liqlik grafigi / = f (1/T) 1-rasmda yarim logarifmik masshtabda ko‘rsatilgan. Amaliyot uchun ta’luqli bo‘lgan temperatura diapazonida (-60 ÷ +125 0S) kremniyning xususiy o‘tkazuv-chanligi 5 tartibga o‘zgarishi 1 a-rasmdan ko‘rinib turibdi. Taqiqlangan zona kengligi kremniynikiga nisbatan tor bo‘lgan materiallarda (masalan, germaniyda) ning nisbiy o‘zgarishlari ki-chikroq, ning qiymatlari esa sezilarli katta bo‘ladi.

    a) b)


    1 – rasm. Xususiy (a) va legirlangan (b) kremniy nisbiy solishtirma o‘tkazuvchanligining temperaturaga bog‘liqligi ( va - +20 0S).


    Xona temperaturasida yarimo‘tkazgichlarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10-8÷105 Sm/m (simens taqsim metr)ni, metallarda =106÷108 Sm/m, dielektriklarda esa =10-8÷10-13 Sm/mni tashkil etadi. Yarimo‘tkazgichlarda solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik temperatura ortishi bilan ortadi, metallarda esa kamayadi. Yarimo‘tkazgichlar elektr o‘tkazuvchanligi yoritilganlikka va kiritmalar konsentratsiyasiga bog‘liq (1 b - rasm).


    (2) va (1)larni solishtirib,
    (3)
    ekanini topamiz.
    Shunday qilib, ni va uning kiritmalar konsentratsiyasi hamda temperaturaga bog‘liqligini aniqlash uchun yarimo‘tkazgichda hosil bo‘ladigan EZTlar turlari, ularning konsentratsiyasi va elektr maydondagi tezligi kabi masalalarni hal etish talab qilinadi. Bular yarimo‘tkazgichning fizik modeli deb ataluvchi zonalar nazariyasi asosida tushuntiriladi.
    Yarimo‘tkazgich materiallar tuzilishi kimyoviy elementlar davriy sistemasi asosida tushuntirilishi mumkin. D.I. Mendeleyev davriy sistemasining bir qismi 1-jadvalda ko‘rsatilgan. Davriy sistemaning IV guruh elementlari qattiq holatda mono-atom (sodda, elementar) yarimo‘tkazgichlardir. Germaniy va kremniy olmossimon kristall panjaraga ega bo‘lib, ularning har bir atomi tasavvurdagi tetraedr uchlarida o‘zidan baravar uzoqlikda joylashgan (ekvidistant) to‘rtta qo‘shni atom bilan o‘ralgan.
    Davriy kristall tuzilishga ega bo‘lgan boshqa moddalar (monokristallar) kabi, yarimo‘tkazgichlar xususiyatlari ham qattiq jism zonalar nazariyasi asosida aniqlanadi.
    Qattiq jism ko‘p sonli o‘zaro ta’sirlashuvchi atomlar majmuidan iborat. Shuning uchun bir parcha qattiq jismdagi barcha atomlar majmui yagona tizim sifatida tasavvur etiladi. Qattiq jismda atomlarning o‘zaro bog‘lanishi ularning valent elektronlari juftlashib umumlashishi hisobiga amalga oshadi. Bunday bog‘lanish kovalent bog‘lanish deb ataladi.
    Atomdagi ixtiyoriy elektron energiyasi kabi, valent elektron energiyasi W ham diskret yoki kvantlangan bo‘ladi. U energetik sath deb ataluvchi ma’lum ruxsat etilgan energiyaga ega bo‘ladi.

    1-jadval
    D. I. Mendeleyev davriy sistemasining bir qismi






    Download 1,75 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 1,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘tkazgichlarda kontakt xodisalari. Reja

    Download 1,75 Mb.