• HTML ning qisqacha tarixi
  • Ma’ruzachi: Yusupova Sadokat




    Download 1.15 Mb.
    bet1/6
    Sana30.03.2024
    Hajmi1.15 Mb.
    #182579
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    web dizayn


    Mavzu: HTML tili va uning strukturasi
    Reja:
    • World Wide Web va HTML.
    • HTML dasturlash tili.
    • Блокнот dasturi.
    • Web hujjatlarni yaratishni avtomatlashtirish.

    Ma’ruzachi: Yusupova Sadokat
    Urganch 2024
    WWW ga kirish
    Internetning eng ma’lum va keng tarqalgan qismi bu WWW (World Wide Web) deb nomlanuvchi to’rdir. Bu to’r Web saytlar va alohida Web sahifalardan tashkil topgan. Web sahifalar esa HTML tili yordamida yaratiladi.
    HTML tilidan foydalanish uchun dasturchi mutaxassis bo’lish shart emas, chunki bu til juda oddiy va har kim undan foydalanishi mumkin. HTML da ishlash uchun oddiy kompyuter foydalanuvchisi bo’lish va internetda ishlash bo’yicha ozgina malakasi bo’lsa etarli. HTML tili yordamida har kim o’zining shaxsiy Web sahifasini yoki butun boshli bir Web saytini yaratish orqali o’zini butun dunyo axborot fazosida His qilishi mumkin. Albatta faqat HTML ni bilish interaktiv savdo saytlarini yaratish uchun etarli emas. Bunday jiddiy maqsadlar uchun dasturlash bo’yicha yaxshi bilim va internetning har xil texnologiyalarini bilish talab qilinadi.

    HTML ning qisqacha tarixi

    • HTML(Hyper Text Markup Language) ”gipermatnli markerlash tili” dasturlash tilining dastlabki varianti Tim Berners-Li tomonidan 1990-yil CERN-Yadro tadqiqotlari Yevropa markazida yaratilgan. O‘sha davrda Internetni tez rivojlanishi natijasida bu dastur katta yutiqlarga erishdi va HTML imkoniyatlari kengaytirildi.
    • Dasturning HTML 2.0 versiyasi 1995 yili Internet Engineering kompaniyasi tomonidan tayyorlandi. HTML+ (1993) va HTML 3.0 (1995) – ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lgan versiyalardir.
    • HTML versiyalarini umumlashtirish, ulardagi farqlarni bartaraf etish borasidagi ishlar 1997-yili yanvar oyda World Wide Web Consortium kompaniyasining ishchi guruhi tomonidan HTML 3.2 versiyasini vujudga kelishiga olib keldi. HTML 3.2 versiyasi katta imkoniyatlarga ega va u ko‘plab brouzerlar tomonidan bir xil tahlil qilinadi.
    • Hozirgi vaqtda HTML 4.2 versiyasi mavjud bo‘lib, unda jadval stilllari, skriptlar, kadrlar, obektlar bilan ishlash, turli yo‘nalishdagi yozuvlarni ishlatish, formalarning yangi xossalari kabi yangiliklar paydo bo‘ldi.
    • HTML-hujjatlar turli WEB brouzerlar yordamida ko‘riladi.

    Download 1.15 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.15 Mb.