Mashg‘ulot №21




Download 1.76 Mb.
bet1/3
Sana26.05.2022
Hajmi1.76 Mb.
#21982
  1   2   3
Bog'liq
29 YaTT hisoboti
SAYFULLOX, Kimyo fanlaridan tajribalar, пособие по Эл.монтёр ГПМ, двс 09.02.2022, 5-mavzu. Tijorat banklari va ularning funksiyalari Reja, 4-ma\'ruza, 3-amaliy, 1-Maruza mashguloti ingliz.pptx, 3-Maruza mashguloti, 4-ma\'ruza matni, 2-laboratoriy RQADH

Mashg‘ulot №29


Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash axborot tizimi


Reja:

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash axborot tizimining amaliyotga joriy etishning huquqiy asoslari.


2. Hisobotlarni elektron ko‘rinishda jo‘natish interaktiv davlat xizmatini ko‘rsatish shakli va usuli

Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-4453-sonli Farmoni hamda Adliya vazirligida 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga asosan ishlab chiqilgan. Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 24 apreldagi Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash interaktiv davlat xizmatini ko‘rsatish reglamentini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi 160-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 12 iyuldagi 226-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq mazkur Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash interaktiv davlat xizmati Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi deb o‘zgartirildi.


Axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat xokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 181-sonli qaroriga asosan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlardan soliq hisobotlarini elektron qabul qilish va qayta ishlash interaktiv davlat xizmatining tartibi, shartlari va muddatlarini belgilaydi.
Axborot tizimining tarkibi chakana savdo faoliyatini amalga oshiruvchi, shu jumladan chetdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan hisobotlarni elektron ko‘rinishda jo‘natish, qabul qilish va qayta ishlash xizmatlarini web texnologiyalari orqali amalga oshirishdan iboratdir.
Axborot tizimining mazmuni quyidagilardan iborat:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning elektron soliq hisobotlarini shakllantirish, elektron raqamli imzo bilan imzolash, shifrlash va elektron hujjat ko‘rinishida soliq idoralariga jo‘natish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning elektron soliq hisobotlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va qayta ishlash;
soliq hisobotlarini elektron hujjat ko‘rinishida yuborgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, hisobotlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi yuzasidan tasdimnoma yuborish;
rad etilgan soliq hisobotlarini qayta to‘g‘ri shakllantirish va jo‘natilgan tartibda elektron hujjat ko‘rinishida davlat soliq xizmati organlariga jo‘natish;
elektron ko‘rinishda taqdim etilgan hisobotlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlash.



Download 1.76 Mb.
  1   2   3




Download 1.76 Mb.