• OKOZ: 1.
  • Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida




    Download 421 Kb.
    bet1/28
    Sana03.04.2024
    Hajmi421 Kb.
    #186736
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    3-mavzu
    Маъруза 1 (1), Документ Microsoft Word, Ïðèâîä âàëüöåâîãî ñòàíêà , Tizimlar va signallarni qayta ishlash” fanidan 2-Topshiriq ishi, portal.guldu.uz-ishchi dastur, DIDAKTIKA – TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA!!, Soliyev Shohruxbek (2), 1. Teylor qatori. Makloren qatori, @AKT Official 5-sinf informatika to\'garak daftari, Bug\'doy dalalarida o\'sadigan begona o\'tlarga qarshi kurash, Amaliyot rasmlari, Журнал 23-25 2023 yil, tex xarita (2)22333333, Презентация1, chamangul

    
    [OKOZ:
    1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr ma’lumoti]
    [TSZ:
    1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    qarori
    AYRIM DAVLAT KADASTRLARINI YURITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
    “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Quyidagilar:
    [OKOZ:
    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yo‘l xo‘jaligi. Yo‘l fondi]
    Avtomobil yo‘llari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
    [OKOZ:
    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
    Temir yo‘llar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
    [OKOZ:
    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.09.00 Truboprovod transporti]
    Etkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
    [OKOZ:
    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
    Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
    [OKOZ:
    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
    Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
    [OKOZ:
    1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.07.00 Ayrim mintaqalarning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizligini ta’minlash]
    Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
    [OKOZ:
    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
    Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq davlat kadastrlarining shakllantirilishi va yuritilishi to‘g‘risida 2006 va 2007-yil iyulida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
    3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.

    Download 421 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 421 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

    Download 421 Kb.