14-Mavzu: Detallarni yakuniy jilvirlash
Reja:
1.Umumiy tushunchalar
2.Shaberlar
3.Shaberlashda xavfsizlik texnikasi
SHaberlash toblanmagan sirtlarga ishlov berishning oxirgi operatsiyasi bo’lib, unda shaberlar deb ataluvchi asboblar bilan yupqa qirindi qiriladi. U yig’ish va remont ishlarida tutashuvchi sirtlarning bir-biriga yaxshi moslashuvini ta’minlash, tekisligi hamda to’g’ri chiziqliligining yuqori darajada bo’lishiga erishish lozim bo’lganda (staninalarning yo’naltiruvchilari, stollar, karetkalar, sirpanish podshipniklariga ishlov berishda) qo’llaniladi. SHaberlashda yuqori aniqlikka: 25X25 mm li kvadratda 30 ta dog’, sirtning g’adir-budirligi ko’pi bilan Ra*0,32 bo’lishiga erishiladi. Tekshirish asbobi (plita chizg’ich) yupqa qilib bo’yaladi. O’nga ishlov beriladigan buyumni qo’yib, doiraviy yo’nalishda harakatlantiriladi. SHunda sirtning chiqiq joylariga bo’yoq tegadi. Kichik detallar tiskiga mahkamlab, yirik zagotovkalar esa turgan joyida shaberlanadi. SHaber ishlanadigan sirtga 15-20 burchak ostida qo’yiladi, o’ng qo’l bilan dastasidan ushlab, chap qo’l bilan qirquvchi qirrasi yaqinidan qisiladi. SHaberni oldinga harakatlantirganda qirquvchi tig’i yupqa qirindi qiradi, ketinga harakatlantirganda esa qirindi qirmaydi. SHaber bir gal surilgandan so’ng sirt qirindidan tozalanadi, yana bo’yaladi va bo’yoq tekkan (chiqiq) joylari yana shaberlanadi. SHaberlar uchlarida qirquvchi qirralari bo’lgan har xil shakldagi metall sterjenlardir Tekisliklarni shaberlashda yassi shaberlar ishlatiladi. Ular bir tomonlama va ikki tomonlama, yaxlit va o’rnatma plastinkali xillarga bo’linadi.
Bir tomonlama yaxlit shaberlar. U12A markali po’latdan 150-300 mm uzunlikda tayyorlanadi. Ko’pincha, ular tishlari yeyilgan eski egovlardan yasaladi.
Ikki tomonlama shaberlar dumaloq chiviqlardan ishlanadi. Buning uchun chiviqlarning uchlari temirchilik usulida yassilanadi. Ularning uzunligi 350-400 mm.
O’rnatma plastinkali shaberlar samaraliroqdir. Ularda tezkesar po’lat va qattiq qotishmalardan qilingan plastinkalar qo’llaniladi va o’tmaslashganlari almashtirib turiladi. Ko’p yoqli plastinkalar har bor. Ularning bir yog’i utmaslashsa, ikkinchi yog’ini o’girish va shu tariqa xizmat muddatini ancha uzaytirish mumkin. Yassi shaberlarning eni: dastlabki (xomaki) shaberlash uchun-20-25 mm, yarim tozalab shaberlash uchun-12-16 mm. Uzil-kesil shaberlash uchun-5-10 mm; shaberning qalinligi 2-4 mm.
O’tkir burchak hosil qiluvchi uchun yarim dumaloq shaberlar ishlatiladi.
Egri sirtlar uch yoqli shaberlar bilan ishlanadi. Ularning yon yoqlari ish qismi hisoblanadi. CHarxlashni osonlashtirish uchun yoqlari bo’ylab ariqchalar qilinadi. Uch yoqli shaberlar ko’pincha eski uch yoqli egovlardan tayyorlanadi.
Podshipniklar vkladishlari yeyilgan konussimon rolikli podshipniklarning tashqi halqalaridan yoki porshen halqalaridan tayyorlanadigan shaberlar-halqalar bilan shaberlanadi.
Noqulay joylarni shaberlashda egik va qoshiqsimon shaberlar ishlatiladi.
Novatorlar tekisliklarni shaberlash uchun diskaviy shaberlarni taklif qilishgan. Bunday shaberlar diametri 50-60 mm va qalinligi 3-4 mm li diskdan iborat bo’lib, dastaga mahkamlab qo’yiladi. O’tmaslashgan sari disk burib turiladi. Dumaloq disk o’rniga uch yoqli va olti yoqli plastinalar ham qo’llaniladi. Ishqalash va o’lchamiga yetkazish so’nggi operatsiyalar hisoblanadi. Bu operatsiyalar sirtni 0,0001 mm niqlikda ishlashga imkon beradi
Sirtlarning bir biriga zich tegishini ta’minlash uchun ularni abraziv materiallar kukuni yoki pastalar bilan ishlash operatsiyasi ishqalash deb ataladi. Bu operatsiya klapanlar, jo’mraklar, plunjerlar, tiqinlar, zolotniklar va shunga o’xshash detallarda zich hamda germetik birikmalar hosil qilish uchun qo’llaniladi.
O’lchamga yetkazish-tozalash, pardozlash operatsiyasi bo’lib, buyumning aniq o’lchamlari va shakllari ta’minlashga, sirtni juda toza ishlashga imkon beradi. Odatda ishqalashning ikki turi: etalon sirtlar (ishqalagichlar) yordamida ishqalash va bir detalni ikkinchisiga ishqalash usullari qo’llaniladi.
Ishqalash sifatini yaxshilash va ish unumini oshirish uchun dastlabki ishqalashga 0,02- 0,05 mm, uzil kesil ishqalashga 0,003-0,005 mm qo’yim qoldiriladi.
Metallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan tabiiy yoki su’iy moddalar abraziv materiallar deb ataladi. Ular donadorlik nomeri bilan ifodalanadi. Bu materiallar uch gruppaga: jilvirlash donlariga, jilvirlash kukunlariga, mikrokukunlarga bo’linadi.
Jilvirlash donlari va jilvirlash kukunlari uchun donadorlak nomeri donlarning millimetrning yuzdan bir ulushidagi o’lchamini ko’rsatadi. Mikrokukunlardagi raqamlar donlarning mikronlardagi o’lchamini ifodalaydi. Jilvirlash donlaridan jilvirlash doiralari va brusoklari, jilvirlash qog’ozlari tayyorlanadi. Ishqalagichlar ishqalash operatsiyasi uchun asosiy moslama hisoblanadi. Ular abraziv material donlarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ishqalagichlar juda yuqori aniqlikda tayyorlanishi kerak, chunki detalning aniq chiqishi ularga bog’liq. Ishqalagich materiali ishlanadigan detaldan yumshoq bo’lishi lozim, shunda abraziv donlari buyumga emas, ishqalagichga botadi. Dastlabki ishqalash uchun tozalab ishqalashdagidan yumshoqroq materialli ishqalagich olinadi. Kukun va pastalar ularning materiali hamda donadorlik nomeri yozib qo’yilgan tegishli idishlarda saqlanadi. Surkov materiallari ham shunday idishlarda saqlanishi kerak. Ishqalagichlarni zarblardan asrash lozim, ular tegishli javonlarda saqlanadi va berkitib qo’yiladi. Ishqalovchining ish o’rni yaxshi yoritilishi darkor.
Ishqalagichlar puxta o’rnatilishi kerak, aks holda tushib ke-tib, ishchini shikastlashi mumkin. Quruqlayin o’lchamiga yetkazish jarayonida ko’plab mayda metall va abraziv changlari ajraladi, shuning uchun ishqalovchining ish o’rni yaxshi ishlaydigan ventilyatsiya bilan jihozlanishi, ishchilar himoya ko’zoynaklari taqib olishlari zarur.
|