|
Yumshatish, normalash, toblash va bo’shatishlarning texnologik jarayonlari
|
bet | 9/13 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 2,34 Mb. | | #99410 |
Bog'liq Engineering materials - lecture 12Yumshatish, normalash, toblash va bo’shatishlarning texnologik jarayonlari
Yumshatish. Yarim tayyor mahsulotlar olish jarayonlari: quyish, prokatlash, bolg‘alash, mexanik ishlov, bosim bilan ishlash va boshka ishlov berish jarayonlarida keyin ular bir tekis strukturaga ega bo’lmaydi. yarim tayyor mahsulotlarda bir tekis struktura hosil bo’lmasligi sababli ularning turli qismlarida xossalarining turlicha bo’lishi va ichki kuchlanishlarnig paydo bo’lishiga olib keladi.Bundan tashqari likvatsiya tufayli quymaning kimyoviy tarkibi ham bir xil bo’lmaydi. Bu nuq sonlarni yo‘qotish uchun yarim tayyor mahsulotlar termik ishlanadi. Bunday termik ishlov turlariga yumshatish va normallash kiradi.
Yumshatish buyumni kerakli haroratgacha qizdirish, shu haroratda faza o‘zgarishlari todiq sodir bo’lgunga qadar ushlab turish, so‘ngra asta-sekin sovitishdan iborat: uglerodli podatlar soatiga 200°C, legirlangan po’latlar esa soatiga 30-100°C tezlik bilan sovitiladi. Bunda qoldiq kuchlanishlarsiz barqaror struktura olinadi.
Yumshatishdan maqsad ichki kuchlanishlarni yo‘qotish, strukturaning bir hil bo’lishiga erishish, ishlov berishni yaxshilash hamda keyingi termik ishlov berish jarayoniga tayyorlashdan iborat.
Kerakli xossalarga ega po’lat olinishiga qarab, turli hil yumshatish usullari qo’llaniladi (12.10-rasm): 1-diffuzion yumshatish; 2-toda yumshatish; 3-izotermik yumshatish; 4-chala yumshatish; 5-sferoidlovchi yumshatish; 6- rekristallazitsion yumshatish.
12.10–rasm. Turli xil yumshatish tartiblari
Diffuzion (gomogenlovchi) yumshatishdan po’lat va murakkab shaklli quymalarning kimyoviy ko‘p jinsligini kamaytirish uchun foydalaniladi. Ayniqsa legirlangan po’latdan olingan quymalar bir xil tuzilishga ega bo’lmaydi. Tuzilishining bir xil bo’lmasligiga karbid va dendritli likvatsiyalar tufayli bo’ladi. Bunga sabab karbidlar hosil bo’ladigan joylarda yoki dendritlarning o‘rta qismida legirlovchi elementlar to‘planadi. Quymalarning kimyoviy tarkibini bir xillashtirish uchun, ular yuqori temperaturagacha qizdiriladi, bunda elementlar atomlarining xarakati juda tezlashadi. Natijada atomlar kimyoviy elementlar ko‘p to‘plangan joylardan kamroq joylarga suriladi. Bunday diffuziya tufayli quymaning hajmi buyicha kimyoviy tarkibi tekislanadi.
Po‘lat 1000-1100°C haroratgacha qizdiriladi, shu haroratda 10-20 soat mobaynida tutib turiladi, sungra 600-650°C gacha sekin sovitiladi (12.10-rasm, 1- egri chiziq). Diffuzion yumshatishda po‘lat donachalari o‘sadi, bu nuqson mayda donacha hosil bo‘lguncha qayta yumshatish (to‘la yumshatish) bilan yo‘qotiladi. Po‘lat yuqori mexanik xossalarga ega bo‘ladi.
|
| |