• Yuqori elektr toki o‘tkazuvchi materiallar
  • Nanoklasterlar.
  • Mustahkamligi yuqori materiallar




    Download 2,34 Mb.
    bet8/13
    Sana15.11.2023
    Hajmi2,34 Mb.
    #99410
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Engineering materials - lecture 12
    jurnal, Inersiya kuchlari. Noinersial sanoq tizimlari-fayllar.org, 171 Vodorod korsatk, 1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, Uchinchi va turtinchi guruh kationlari analizining nazariy asosl, K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is, Кимёвий богланиш, MEGA KIMYO TO`LIQ WORD
    Mustahkamligi yuqori materiallar. Grafit listda uglerod atomlarining o‘zaro bog‘lanishi, ma’lumlariga nisbatan eng yuqori. Nuqsonsiz uglerodli trubkalar po‘latdan ikki barobar mustahkam va to‘rt marta yengil. Texnologiya oldida turgan vazifalar biri cheksiz uzunlikga ega bo‘lgan uglerod nanotrubkalarini yaratishdir. Bunday trubkalardan yangi asr texnikasi uchun yuqori mustahkam va yengil kompozitlar tayyorlash mumkin. Ulardan qurilish va ko‘priklar kuchlanish ta’siridagi elementlari, uchish qurilmalari tutib turuvchi konstruksiyalari, turbina elementlari, kam yoqilg‘i sarflaydigan dvigatellar kuchli bloklari va boshqalar ishlab chiqariladi.
    Hozirgi kunda diametri 10 nonometr bo‘lgan 10 mikron uzunlikdagi nanotrubka yaratilgan (12.9-rasm).
    Yuqori elektr toki o‘tkazuvchi materiallar. Ma’lumki kristall grafitda bo‘ylamasiga boshqa materiallarga nisbatan elektr o‘tkazuvchanligi, aksincha yonlamasiga kichik. Shu sababli nanotrubkalardan yasalgan kabellar, xona haroratida tok o‘tkazuvchanligi mis kabellarga nisbatan 2 marta yuqori bo‘lshi kutilyapti. Zarur miqdorda va uzunlikda trubkalar ishlab chiqarish imkoniyatini beruvchi texnologiyani yaratish zarur.
    Nanoklasterlar. Ko‘plab nanaob’ektlar o‘nlab, yuzlab, minglab atomlardan tashkil topgan juda kichik zarralarga kiradi. Klaster xossalari o‘sha turdagi makroskopik hajmdagi material xossalaridan tubdan farq qiladi. Nanoklasterlardan katta qurilish bloklari kabi aniq maqsadga yo‘naltirilgan va oldindan xossalari boshqariladigan yangi turdagi materiallar yaratish mumkin. Misol sifatida gaz aralashmalarin ajratish va saqlashda katalitik reaksiyalardan foydalanamiz: Zn4O(BDC)3(DMF)8(C6H5Cl).

    12.9–rasm. Uglerod nanotrubkasi
    O‘tuvchi metallar lantanoid va aktionoid atomlaridan tashkil topgan magnit klasterlari katta qiziqish uyg‘otadi. Bu klapsterlar o‘z magnit momentiga ega, bu esa tashqi magnit maydoni yordamida xossalarini boshqarish imkoniyatini beradi. Bunga yuqori yelkali metallografik molekula misol bo‘ladi: Mn12O12(CH3COO)16(H2O)4. Kvant kompyuterlari prosessorlarini loyihalashda nanomagnitlar katta axamiyat kasb etadi.
    Bundan tashqari kvant tizimi tadqiqoti bistabillik va gisterezis hodisasi aniqlandi. Agar molekulalar orasidagi masofa 10 nanometr ekanligini hisobga olsak, bu tizimda xotira zichlikni xar kvadrat santimetrga 10 gegabaytni tashkil etadi.


    Download 2,34 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 2,34 Mb.