13.rasm Inventorlar
Elektr yoy taminlash manbalarini taqqoslash.
Transformatorlarning foydali ish koeffitsienti ancha yuqori (90% gacha), ammo energiyaning ma‘lum qismi o’zini qizishiga sraflanadi. Zamonaviy modellarida transformatorlarni sovutish uchun (bunga ham ancha qo’shimcha quvvat sarflanadi) ventilyatorlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda payvandlash transformatorlaridan kamroq foydalanilmoqda. SHunga qaramasdan transformatorlarning bir qator afzalliklari bor: FIK ning yuqoriligi, arzonligi va chidamliligi. SHu afzalliklari tufayli ularga hali ham talab etarli.
Elektr yoyi bilan payvandlashda payvandlash transformatorlari asosiy jihoz hisoblanadi . Payvandlash transformatorlarining konstruksiyasi sodda, o’lchamlari va og’irligi kichik hamda katta F.I.K.ga ega (85-90%). Yopiq o’zak (1) transformatorning asosi hisoblanadi
Hozirgi kunda taminlash manbalarini ichida eng keng tarqalgani inventorlar bo’lib ular boshqa taminlash manbalariga qaraganda juda yengil va ishlatilish qulayligi. Bularni istalgan joyda ishlatish mumkinligidir.Ammo ularning tuzulishi murakkabligi hamda detallarining qimmatligi uning kamchiliklari hisoblanadi.Shuning uchun mening bitiruv malakaviy ishimda payvandlash transformatorlaridan foydalanish foydaliroq. Chunki ular birmuncha arzonroq va detallari soddaroq tuzilgan.
|