2.3 Payvandlash materiallarini tanlash va ularni asoslash
Tebranma yoy payvandlashda eng asosiy payvandlash materiali – bu elektrod. Shuning uchun payvand chokning mustahkam bo’lishi uchun elektrodni to’g’ri tanlash lozim. Elektrodni tanlashda birinchi navbatda payvandlanadigan material xususiyatlariga e’tibor beriladi, materialning kimyoviy va fizik xossalari, material tarkibi, strukturasi, erish harorati va hokazo. Qoziqli baraban vali yeyilgan tayanch yuzasini payvandlab tiklash uchun E42 markali elektroddan foydalanish mumkin, chunki bunday markali elektrodlar asosan konstruksion po’latlarni payvandlashga mo’ljallangan. Tebranma yoy payvandlash uchun metall qoplamali elektrodning metall o’zagiga maxsus qoplama qoplangan bo’ladi
14-rasm Qoplamali elektrod:
1 – o’zak; 2 – o’tish hududi; 3 – qoplama; 4 – qoplamasiz yon tomon.
Barcha turdagi elektrodlarga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
- yoyning turg’un yonishini va chokning yaxshi shakllanishini ta‘minlash;
- payvand chok metalini berilgan kimyoviy tarkibda olish;
- elektrod sterjeni va qoplamaning bir tekis hamda sokin suyuqlanishini ta‘minlash;
- elektrod metalini minimal sachratish va payvandlashning yuqori unumdorligini ta‘minlash;
- shlakning oson ajralishi va qoplamalarning yetarlicha mustahkam bo’lishi;
- ma‘lum vaqt oralig’ida elektrodlarning fizik-kimyoviy va texnologik xossalarining saqlanishi;
- tayyorlash va payvandlash vaqtida zaharliligi minimal bo’lishi kerak. Elektrodlar xususiyati elektrod o’zagi va qoplamasining kimyoviy tarkibiga qarab aniqlanadi. Erigan metall kimyoviy tarkibiga va uning mexanik xususiyatlariga elektrod o’zagining kimyoviy tarkibi yanada kuchliroq ta‘sir etadi.
Elektrod qoplamasi turlari
|