Mashinasozlik texnologiyasi




Download 26,37 Mb.
bet94/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

27-AMALIY MASHG’ULOT


7.3. Yoyli dastakli payvandlashning rejimini hisoblash va ularni tik choklarni
payvandlashda sinab ko`rish.

Elektrod diametri katta bo‘lsa, payvandlashda ish unumi oshadi, lekin payvandlanadigan metall erishi mumkin, vertikal va ship holatdagi choklarni ishlash qiyinlashadi, chok tubi chala erishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘p qatlamli chokning birinchi qatlami hamma vaqt diametri 4 – 5 mm elektrod bilan payvandlanadi. U-simon ishlangan chokning barcha qatlamlarini bir xil (maksimal yo‘l qo‘yilgan diametrli) elektrod bilan payvandlash mumkin.


Vertikal va ship choklar diametri 5 mm dan ortiq bo‘lmagan elektrodlar bilan payvandlanadi. Chatim (har joydan tutashtirish) choklar va eritib yotqiziladigan kichik kesimli valiklar diametri 5 mm dan ortmaydigan elektrodlar bilan bajariladi.
Tok kuchi kam bo‘lsa, issiqlik payvandlash vannasiga yetarli darajada kelmaydi va asosiy metall bilan eritilgan metall yaxshi birikmasligi mumkin. Natijada payvand birikmaning mustahkamligi keskin kamayadi. Tok haddan tashqari kuchli bo‘lganida, payvandlashni boshlagandan keyin sal vaqt o‘tishi bilan elektrod qizib ketadi, uning metali tez erib chokka oqib tushadi. Natijada chokka eritib qo‘shiladigan metalldan ortiqcha tushadi, elektrodning suyuq metali erimagan asosiy metallga tushib qolgudek bo‘lsa, chala payvandlangan joylar hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi.
Kam uglerodli po‘latni pastki holatda uchma-uch qilib payvandlash uchun tok miqdorini tanlashda akad. K. K. Xrenovning quyidagi formulasidan foydalansa ham buladi:
Ipay=(20+6d)d,
bundaIpay – tok, A;
d – elektrod metall sterjenining diametri, mm.
Vertikal va ship choklarni payvandlashda pastki holatdagi choklarni payvandlashdagiga nisbatan tok qiymati 10–20 % kam bo‘ladi.
Birikmalarni ustma-ust va tavr shaklida payvandlashda katta tok ishlatilishi mumkin. Chunki bunday hollarda erib teshilish hollari kam bo‘ladi.
Tokning turi va qutbi ham chokning shakli hamda o‘lchamlariga ta’sir qiladi. Teskari qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlashda suyuqlanib qo‘yilish uzunligi to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlashdagidan 40–50% ortiq, bunga sabab anod va katodda ajralayotgan issiqlik miqdorining turlicha bo‘lishidir. O‘zgaruvchan tok bilan payvandlashda to‘la payvandlash chuqurligi teskari qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlashdagidan 15–20% kam bo‘ladi.
Yoy bilan dastaki payvandlashda kuchlanish metallning to‘la payvandlash chuqurligiga kam ta’sir qiladi, hatto bu ta’sirni nazarga olmasa ham bo‘ladi. Chokning kengligi elektrod kuchlanishiga to‘g‘ri bog‘langan. Kuchlanish ortganida chokning kengligi ortadi.
Payvand chokning sifati payvandlash rejimining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Payvandlash rejimi deganda elektrod diametri, tok kuchi, kuchlanishi, payvandlash tezligi tushuniladi.



Download 26,37 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146




Download 26,37 Mb.