Mashinasozlik texnologiyasi




Download 26,37 Mb.
bet90/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

23-AMALIY MASHG’ULOT


6.1 Har xil qalinlikdagi choklarni yoyli dastakli payvandlash

Metall eritib keng valiklar hosil qilishda elektrod uchining harakatlanish sxemalari2.5.3-rasmda ko’rsatilgan.


1, 2 va 3 nuqtalarda elektrodni surish tezligi kamayadi, natijada metal chetlari kamroq qiziydi.
Valiklar eni elektrodning 2,5-3 diametriga teng kelsa, sifatli chiqadi. Bunday hollarda erigan metallning barcha kraterlari 1,2,3 bitta umumiy vanna bo’lib qo’shilishadi va shu bilan asosiy va eritib qo’shiladigan metall yaxshi erib birikadi.

Kengaytirilgan valliklarni eritib qoplashda elektrod uchining tebranma
harakatlari.
1-to’g’ri chiziqli: 2-egri chiziqli, bo’rtiqligi bilan payvandlangan hudud tamon: 3-egri chiziqli, bo’rtiqligi bilan payvandlanmagan hudud tamon:

Elektrodni harakatlantirishning alohida hollari
a)ikkala chetini jadal qizdirishda; b) bir chetini ko’proq qizdirishda; d) chikning o’rtasini qizdirishda.
Valik juda enli bo’lsa, nuqta 1 dagi metall yoy nuqta 3 ga qaytgunga qadar qotib qoladi va ana shu yerda metall chala payvandlanadi. Bundan tashqari, payvandlashda ish unumi pasayib ketadi. 2.5.4-a rasmda metallning ikkala chetini, 2.5.4-b rasmda faqatbitta chetini qizdirish (masalan, qalinligi har xil listlarni payvandlashda ) uchun elektrod uchini qanday harakat qildirishligi ko’rsatilgan. Chokning o’rtasini qizdirish uchun elektrod 2.5.4-d rasmda ko’rsatilgan sxema bo’yicha surib boriladi.
Eritib valik yotqizishda payvandchi chok yonida turish va elektrodni chapdan o’ngga yoki chok o’qi bo’yicha surib, elektrodni o’ziga tomon tortishi mumkin.
Eritib valik yotqizish tugagandan keyin uning chetidagi krateri ketmasligi uchun yahshilab payvandlanishi kerak.
Uchma-uch choklarni payvandlash.Cetlari qiyalanmagan choklarni payvandlashda valik uchma-uch tutashgan joyining bir yoki ikkala tomonga salgina kengaytirilib yotqiziladi.To’la payvandlanishi uchun ikkala cheti metallning butun qalinligi bo’yicha yaxshi erishini ta’minlash kerak.
Uchlarini qiyalamasdan uchma-uch payvandlashda qalinligi 6-mm gacha bo’lgan metallnichokning butun kesimi bo’yicha to’la payvandlanishi tok va elektrod diametirini to’g’ri tanlashga bog’liqdir.Elektrod diametiri va tok kuchi mos holda tanlanganida metall to’la eriydi va qalinligi 4-mm dan 8-mm gacha bo’lgan metall chetlari qiya ishlamasdan to’la payvandlanadi va ish unumi yuqori bo’ladi.Tok kattaligini tajriba yoli bilan plankalarni payvandlab ko’rib tanlash tavsiya etiladi.
Chetlarini V-simon shakilda ishlab uchma-uch qilib ulangan birikmalar metal qalinligiga qarab bir yoki ko’p qatlamli choklar hosil qilib payvandlanadi.
Uchma-uch choklaagi jadvarning qatlamlari soni qiymatlari soni quyidagi jadvalda keltirilgan.

Payvandlanayotgan metall qalinligi,mm

1-5 6 8 10 12 14 16-20

Qatlamlar soni

1 2 2-3 3-4 4 4-5 5-6




Download 26,37 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146




Download 26,37 Mb.