Mashinasozlik texnologiyasi




Download 26,37 Mb.
bet89/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

22- AMALIY MASHG’ULOT
5..4 Payvand choklarni xar xil fazoviy joylashishdagi yoyli dastakli payvandlashdan so’ng o’tkaziladigan tadbirlar
Po‘latlarning payvandlashda: Termik jihatdan mustaxkamlanmagan kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlarni payvandlashning yoyli usullarida chokning asosiy metall bilan mustaxkamligi teng bo‘lishini ta’minlash odatda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Termik jihatdan mustaxkamlangan po‘latlarni payvandlashda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga keladi, chunki chok atrofi zonasi metallining mexanik xossalari payvandlashning aniq sharoitlariga va payvandlash oldidan va undan so’ng po‘latga termik ishlov berish turiga bog‘liq.
Chegarali payvandlanadigan uglerodli po‘latlarni (0,15 – 0,45%C) payvandlashni 100 – 150°C haroratda dastlabki yoki yo‘l-yo‘lakay issitib amalga oshiriladi, payvandlashdan so‘ng 600 – 650 °C haroratda yuqori chiniqtirish maqsadga muvofiqdir. Murakkab shaklli va yuqori bikirlikka ega buyumlarni payvandlashda payvandlashdan avval 300 – 450 °C gacha umumiy isitish zarur. Bunday buyumlarni payvandlagandan so‘ng yuqori bo‘shatish shart.
0,45% dan ko‘proq uglerodga ega po‘latlar odatda juda qiyin payvandlanadi bunday hollarda buyumni 350 – 500 °C gacha umumiy qizdirish amalga oshiriladi va bu harorat payvandlash jarayonida saqlab turiladi, payvandlashdan so‘ng po‘latga shu marka uchun mo‘ljallangan rejim bo‘yicha termik ishlov beriladi. Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, barcha hollarda xam buyumni qizdirish dastavval sovish tezligini pasaytirishga va toblash tuzilmalarining paydo bo‘lishi ehtimolining kamayishiga yo‘naltirilgan.
Katta qalinlikdagi (20 mm dan ortiq) birikmalarini, bir o‘tishli burchakli choklarni, manfiy haroratlar sharoitida va shular ka’bilarda tezlashtirilgan rejimlarda payvandlashda sovitish tezliklarini oshirish chok metallida va chokoldi zonasida o‘ta qizish va rekristallanish uchastkalarida toblanma tuzilmalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Agar po‘lat payvandlashdan avval termomustaxkamlash – toblash jarayonidan o‘tgan bo‘lsa, u holda rekristallanish va eskirish uchastkalarida chokning termik zonasida metallni chiniqtirish, ya’ni uning mustaxkamlik xossalarini kamaytirish kuzatiladi. Bu xossalarning o‘zgarish darajasi pogon energiya miqdoriga, payvand birikmalar turiga va payvandlash sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Kam legirlangan po‘latlarni payvandlashda chok metall va chok oldi zonasi xossalarining o‘zgarishi ancha kuchli namoyon bo‘ladi. kamlegirlangan issiq prokatka po‘latda o‘ta qizish va normallanish uchastkalarida toblanma tuzilmalar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday po‘latntng mexanik xossalarining o‘zgarish darajasi kamuglerodli issiqloyin yumaloqlangan po‘latnikidan katta.
Kam legirlangan po‘latlarga termik ishlov berish (ko‘pincha toblash) ularni payvandlash texnologiyasini murakkablashtiradi. Bir tekis mustaxkam payvand birikma hosil qilish uchun tegishli texnik usullarni qo‘llanish zarur (termik mustaxkamlanmaganlarni qisqa uchastkalab payvandlash, termik mustaxkamlanganlarni uzun uchastkalab payvandlash va boshqalar). Termik sikl ta’sirida (mustaxkamlash yoki toblash) ta’sirida asosiy metall xossalarining o‘zgarishi yuz bergan joyda termik ta’sir zonasi uchastkasining uzunligi payvandlash usuliga va rejimiga, payvand birikma konstruktsiyasining tarkibi va qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. Pogon payvandlash energiyasining oshishi mustaxkamlangan zonaning kengayishi va undagi metall qattiqligining pasayishi bilan birga kuzatiladi. Buning sababi yuqori haroratli qizdirilgan metall hajmining kengayishi va sovitish suratining pasayishidir. O‘ta qizish yoki toblash hodisasi juda keskin namoyon bo‘lgan chokoldi zonasi – kam legirlangan po‘latlarni payvandlashda sovuq yoriqlar paydo bo‘ladigan ehtimoli joydir.
Tayyorlash operatsiyalarida kam uglerodli va kam legirlangan po‘latlardan konstruktsiyalarni tayyorlash jarayonida va yuqori haroratli sohadan uzoqroqdagi zonalarda payvandlashda plastik deformatsiya vujudga keladi. Bu zonalar keyingi choklarni qo‘yishda tahminan 300 °C haroratgacha qizish ostiga tushib, deformatsion eskirish uchastkalari bo‘lib qoladi, bu esa metallning plastik xossalarini pasaytiradi va mustaxkamlik xossalarini ortiradi hamda yoriqlar paydo bo‘lishi mumkinligiga olib keladi. Bunday hollarda 600 – 650 °C da yuqori darajada chiniqtirish metallning xossalarini tiklash uchun samarali vosita bo‘lib hizmat qiladi. Yuqori darajada chiniqtirishdan payvandlash kuchlanishini olib tashlashda xam qo‘llaniladi.
Kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan payvand birikmalar kristallanuvchan yoriqlar paydo bo‘lishiga qarshi qoniqarli mustaxkamlikga ega. Buning sababi ulardagi uglerod miqdorining juda ozligidir. Biroq uglerodi bo‘lgan (0,20% dan yuqori) kamuglerodli po‘latlar uchun burchak choklarini va qo‘p qatlamli choklarda birinchi ildiz chokini, ayniqsa zarari katta bo‘lgan choklarni payvandlashda kristallanuvchi yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, bu asosan pishirishning noqulay shakli bilan bog‘liq.
Uglerod miqdori 0,25 – 0,35% bo‘lgan po‘latlarni faqat musbat haroratlarda payvandlash mumkin. Qalinligi katta va konstruktsiyasi qattiq (bikir) buyumlar uchun 100 – 130 °C gacha oldindan qizdirish amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.



Download 26,37 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146




Download 26,37 Mb.