Mashinasozlik texnologiyasi




Download 26,37 Mb.
bet87/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

20-AMALIY MASHG’ULOT


5.2 Payvand choklarni xar xil fazoviy joylashishdagi yoyli dastakli payvandlash, pastki holatda payvandlash

Yoyni yondirish uchun payvandchi elektrod uchini metallga tegizadi, keyin tezda uni 2-4 mm chetlashtiradi. Shu vaqtda yoy hosil bo’ladi. Bu yoy doimo bir hil uzunlikda bo’lishi uchun elektrod erishiga qarab sekin asta tushirilib boriladi. Yoy hosil bo’lganiga qadar payvandchi yuzini qalqon yoki maxsus qalpoq bilan to’sishi kerak.


Ikkinchi usul quyidagilardan iborat: payvandchi payvandlanadigan metal yuzasini elektrod uchi bilan uradi va so’ngra tezda sal nariga chetlatib, yoyni yondiradi.



Payvandlashda elektrodlarning turli vaziyatlari:
a) vertikal; b) burchagi oldiga (oldiga qiyalatilgan ); d) orqaga qiyalatilgan vaziyatlar
Yoy mumkin qadar kata bo’lishi kerak. Yoy kalta bo’lsa, chok yaqinida mayda metal tomchilari kam hosil bo’lib elektrod bir tekisda uchqun sachratib osoyishta eriydi, payvandlanadigan metall yanada chuqirroq eritiladi.
Uzun yoy asosiy metallning zarur darajada chuqur erishini ta’minlaydi.Elektrod metali esa erishda juda ko’p sachraydi.Natijada notekkis chok hosil bo’lib, oksid qo’shilmalar ancha ko’payadi.
Yoyning uzun qisqaligi haqida uning yonishida chiqadigan tovushiga qarab mulohaza yuritish mumkin. Yoy normal uzunlikda bo’lganida bir tekisda va bir hil tovish eshitiladi. Yoy haddan tashqari uzun bo’lsa, ancha keskin va qattiq, tes-tez uzilib paqillaydigan tovush eshitiladi.
Yoy uzulgan hollarda u uzilgan joy yaqinidagi paybandlanmagan metallda qaytadan yondiriladi, so’ngra yoyni uzilgan joyga keltirish, yoy uzilishi natijasida hisil bo’lgan kraterni sinchiklab payvandlash va payvandlashni davom ettirish kerak.
Elektrodni chok uzra tebratmasdan to’g’ri surib borganda, u erib ipga o’xshash ingichka valik hosil qiladi. Elektrod vertical holda yoy oldiga qiyalatib yoki orqaga qiyalatib ishlagan holda payvadlanadi.
Elektrod uchuni eritganda uning o’qi yo’nalishida suriladigan metall tomchilari vannaning eritilgan metaliga tushishi uchun valik yotqizishda elektrodni vertical chiziqqa nisbatan ma’lum burchak ostida qiyalatib turish kerak.Elektrodni payvandlash yo’nalishiga teskari tomonga qiyalatish mumkin.Qoplamali elektrodning vertical tekislikka nisbatan qiyalash burchagi α15-200 bo’lish kerak.Payvandchi elektrodning qiyalik burchagini o’zgartirib, metallningerish chuqirligini rostlashi chok valigining yashi shakillanishiga yordam berishi hamda vannaning sovish tezligiga tasir qilishi mumkin. Chok tubini payvandlashda, yupqa listlarni payvandlashda, shuningdek, qancha qatlam bo’lishdan qat’iy nazar, gorizantall va ship choklarni payvandlashda ingichka valik yotqiziladi. Payvandchi elektrodni chok uzra qanchalik sekin surib borsa, valik shunchalik keng chiqadi. Ingichka, lekin baland valikda eritilgan metal hajmi kichkina bo’ladi. Bunday valik tez soviydi va metallda erib, ajralib chiqmqgan gazlar chokni g’ovaklashtirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ko’pincha kengaytirilgan valiklar ishlatiladi.Bunday valik hosil qilishda payvandchi elektrodni chokka ko’ndalang ravishda tebranma harakatlantiradi. Elektrod uchini uch hil elektrod o’qi bo’ylab yuqoridan pastga qarab ilgarlanma harakat chok chizig’I bo’ylab ilgarlanma harakat va chokka ko’ndalang ravishda, uning o’qiga nisbatan tik tebranma harakat qilishi kerak

Download 26,37 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146




Download 26,37 Mb.