• Yoyda amal qiluvchi kuchlar
  • Og’irlik kuchlari
  • Oqimli mayda tomchili ko‘chirish




    Download 26,37 Mb.
    bet84/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Oqimli mayda tomchili ko‘chirish. Ko‘chirishning bu shakli konus elektrodni uchida suyuq erigan metall xosil bo‘lishi bilan xos bo‘lib, unda metallning mayda tomchilari uzluksiz uzilib turadi. Inert gazlarda payvand qilish j≥10 а/mm2da o‘ziga xos xususiyati payvandlash rejimining elektr parametrlarining mutloq ,barqarorligi xisoblanadi. Oqimli mayda tomchili ko‘chirish barcha xollarda, tokning yuqori zichliklarida am alga oshirilganda xosil bo‘ladi. Amalda ko‘chirishning bu shakli inert gazlarda (argon, geliy) payvandlashda foydalaniladi.

    4.5.5-rasm. Oqimli mayda tomchili ko‘chirish.

    Nobarqaror oqimli ko‘chirish. Tokning zichligi yanada oshirilganda elektrod metallning oqimli mayda tomchili ko‘chirilishi nobarqaror oqimli ko‘chirishga o‘tadi. Bu shakl shunisi bilan o‘ziga xoski, bunda elektrod uchidagi suyuq metall konusi nobarqaror bo‘lib qoladi, fazoda tartibsiz xarakatlanib, ko‘pincha elektroddan uzilib turadi. Bunda payvandlashning elektr rejimi barqarorligi buziladi, metallni ko‘chirishning bunday shakli amaliy payvandlash uchun yaramaydi.



    4.5.6-rasm. Nobarqaror oqimli ko‘chirish


    Yoyda amal qiluvchi kuchlar

    Metallni ko‘chirish xususiyati metallni sachratish jarayoni barqarorligiga, chokning shakllanishiga, metallning sachrab sochilishiga, yoyda va vannada metallurgik jarayonlarning jadalligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik xollarda oqimli ko‘chirish maqsadga muvofiq, u chokning yaxshiroq shakllanishini va sifatini ta’minlaydi. Yoydagi erigan metallga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kuchlar quyidagilardir:


    1. Og’irlik kuchlari; 2. Sirt jaranglik kuchi; 3. Suyuq o‘tkazgichdagi elektrodinamik kuchlar; 4. Reaktiv kuchlar; 5. Elektrostatik kuchlar.
    Og’irlik kuchlari. Metallning quyi holatda ko‘chishiga imkon beradi va yuqori (ship) xolatida ko‘chishiga qarshilik qiladi. Ular kichik toklarda payvandlashda, elektrodinamik kuchlar xali nisbatan uncha katta bo‘lmaganda eng katta ta’sir ko‘rsatadi.

    Sirt taranglik kuchlari. Suyuqlik tomchilariga (boshqa kuchlar bo‘lmaganda) sferik shakl beradi, tomchilarni shipda tutib turadi va metall tomchilarini suyuq payvand vannasiga so‘rib oladi. Bunda sirt jaranglik suyuqlik ichida ortiqcha bosim xosil qiladi:

    σ - sirt jaranglik koeffitsienti bo‘lib u   ga teng, bunda ∆F -chegarada ta'sir etuvchi kuchlar; ∆l - uzunlik;

    4.6.1-jadval



    Metаll

    Mg

    Zn

    Al

    Cu

    Fe

    Ti

    Mo

    W



    650

    770

    900

    1150

    1220

    1510

    2250

    2680

    σ - temperatura oshishi bilan uncha katta o‘zgarmaydi va shuning uchun doimiy kattalik deb xisoblash mumkin.


    Metallning chok metallida eruvchi gazlar bilan birikishi va u bilan kimyoviy birikma xosil qilishi sirt jaranglik kuchi kattaligini o‘zgartiradi. Masalan, xromnikelli austenitli po‘latda azot miqdorining sirt jaranglik kattaligiga ta’siri quyidagi qiymatlarga ega (Dyatlov V. I.):

    4.6.2-jadval



    Xromnikelli austenitli po‘latda N miqdori,%

    Sirt taranglik

    0,02

    1100

    0,08

    1430

    0,16

    2100

    0,23

    2500

    Kislorod sirt jaranglikni pasaytiradi. Kislorod bilan to‘yingan Fe ning sirt jarangligi 1030 din/sm ga teng. Agar metall shlak bilan qoplansa, fazalararo sirt tarangligi asosan kamayadi. Shlak qoplangan po‘lat uchun bu kattalik 875 dan 900 din/sm gacha o‘zgaradi. Shlaklar uchun 300 dan 400 din/sm chegaralarda o‘zgaradi. Agar elektrod uchidagi tomchi shlak qatlami bilan qoplangan bo‘lsa u xolda shlak metall chegarasida va sirt tarangligi chegarasida fazolararo sirt taranglikning yig’indi ta’sirini xisobga olish zarur.


    Bu xolda tomchidagi yig’indi sirt taranglik 1175 dan 1250 din/sm gacha bo‘ladi.

    Download 26,37 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   146




    Download 26,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oqimli mayda tomchili ko‘chirish

    Download 26,37 Mb.