• Tasnifi navlari va texnik talablar
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 26,37 Mb.
    bet80/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    15-AMALIY MASHG’ULOT


    4.4 Yoyli dastakli payvandlashda yoy xosil qilish tajribasiga ega bo‘lish, kukun qoplamali sim elektrodlar bilan.


    Kukunli payvandlash va eritib qoplash simlarini tasniflanishi
    Kukunli payvandlash simlari- quvursimon, ichki qismida kukun aralashmalar bilan to`ldirilgan tiqinlarni o`z ichiga oladi.Kukun simning massasi umumiy massani 15 dan 40% gacha qismini tashkil etadi. Kukunli simlar konstruksiyasi turli ko`rinishda oddiy quvurli, ikkiga bo`lingan yoki ikki qatlamli bo`lishi mumkin.

    Himoyalash usuliga ko'ra, kukun bilan qoplangan
    simlar ikki turga bo'linadi:
    a) O`z-o`zini himoyalovchi
    b)Payvandlash uchun qo`shimcha himoya gazi yoki flyus bilan
    Po‘latlarni, qotishmalar va cho‘yanni payvandlash va eritib qoplashga mo‘ljallangan simlarning aksariyati uchun qobiq sifatida sim shakllanishi va uni cho‘zish uchun zarur bo‘lgan yuqori darajadagi plastiklikka ega bo‘lgan kam uglerodli po‘latdan olingan 0,2 – 0,8mm qalinlikdagi sovuqlayin prokatlangan tasma xizmat qiladi. Rangli metallarni eritib qoplash va payvandlash uchun kukunli simlar tayyorlashda mos tarkibli metalldan qilingan tasmadan foydalaniladi.
    Tasnifi navlari va texnik talablar
    Kukunli simlarning asosiy vazifasiga ko‘ra, tasniflanish tizimi boshqalarnikidan farq qiladi. Kukunli payvandlash simlari uchun payvandlanadigan metallning klassi, qo‘llaniladigan himoyalash usuli, turli fazoviy holatlarda payvandlashda foydalanish imkoniyati, eritib qoplangan metall mexanik xossalarining kafolatlanadigan ko‘rsatkichlari eng muhimidir. Kukunli eritib qoplash simlari, eng avvalo, eritib qoplangan metallning kimyoviy tarkibiga, eritib qoplashning vazifasiga ko‘ra tasniflanadi.
    Kukunli payvandlash va eritib qoplash simlari o‘zakning turi, jarayonning unumdorligi, payvandlash-texnologik xususiyatlar, gigienik tavsiflar singari ko‘rsatkichlar bo‘yicha tasniflaydi. Ushbu va boshqa ayrim ko‘rsatkichlarga qo‘yiladigan talablar simga oid standartlar va texnik shartlarda belgilab qo‘yiladi.
    Kukunli simni tayyorlash sifatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qobiqning o‘zak shixtasi bilan to‘ldirilish kattaligi va bir tekisligidir. O‘zakning simdagi ulushini to‘ldirilish koeffitsienti (%) belgilaydi

    Download 26,37 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   146




    Download 26,37 Mb.