• 12-AMALIY MASHG’ULOT 4.1.Yoyli dastakli payvandlashda yoy xosil qilish tajribasiga ega bo‘lish, eriydigan elektrodlarni metall turiga qarab tanlash.
  • Payvandlash vaqtida issiq darzlarni olish usullari




    Download 26,37 Mb.
    bet77/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Payvandlash vaqtida issiq darzlarni olish usullari.



    • metallni erishidagi metallurgik jarayonlarni nazorat qilish.

    • Metallni ko`pish (раскисления)jarayonini optimal taminlash.

    • Oltingugurt bilan ishlaganda, u sulfid plyonkalarining paydo bo'lishiga olib kelishi mumkinligini oldini olish kerak. Shuning uchun metall takibida marganets bolishi yaxshiroqdir.

    • Oltingugurt paydo bo'ladigan nuqsonlarga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi uchun, payvandchi payvand chokini kristallanish jarayonida diqqat qilishi kerak. Oltingugurt me'moriy nuqtaning chap tomoniga o'tishi kerak. Bunday vaziyatda delta-ferrit ajralib chiqariladi, bu esa uni yaxshiroq parchalaydi.

    • Ish vaqtida elementlarning qattiq bo`lmagan fiksatsiyasini taminlash

    • Chok o`lchamlarini quvur qalinligiga bog`liq holda to`g`ri tanlash.Agar biriktiriladigan qismlarni qalinligi kichik bo`lsa unda darzlar ehtimoli katta bo`ladi.

    • Barcha nuanes va xususiyatlarni hisobga olgan holda ma'lum bir turdagi material uchun kerakli payvandlash rejimini tanlang.

    • Belgilangan me'yorlarga muvofiq, shu jumladan belgilangan burchagda jarayonni olib borish

    • Payvandlashdan oldin barcha qismlar to'g'ri tayyorlangan bo'lishini nazorat qilish.

    • Payvandlash turi va haroratiga mos keladigan elektrodlarni tanlash.

    • Payvandlashda tavsiya etilganidan yuqori darajada qizib ketishdan saqlash.

    12-AMALIY MASHG’ULOT


    4.1.Yoyli dastakli payvandlashda yoy xosil qilish tajribasiga ega bo‘lish, eriydigan elektrodlarni metall turiga qarab tanlash.

    Dastakli yoy payvandlashda qo‘llaniladigan elektrodlar GOST 9466-75 «Eritib qoplash va yoy dastakli payvandlash uchun metali qoplamali elektrodlar. Tasnifi, o‘lchamlari va umumiy talablar» bo‘yicha quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi:


    1. Elektrodlar payvandlanadigan metallarning turlariga qarab quyidagi sinflarga bo‘linadi:
    a) uglerodli va kam legirlangan konstruksion po‘latlar uchun (shartli belgisi - "U").
    b) legirlangan konstruksiyon po‘latlar uchun (shartli belgisi - "L").
    d) issiq bardosh po‘latlar uchun (shartli belgisi - “T”).
    e) yuqori legirlangan alohida xususiyatga ega bo‘lgan po‘latlar uchun (shartli belgisi -”V”).
    f) eritib qoplashga mo‘ljallangan alohida xususiyatli qatlam hosil qiluvchi elektrodlar (shartli belgisi - “N”).
    2. Qoplamaning qalinligi: Elektrodning umumiy diametri “D” ni elektrod o‘zagining diametri “d” ga nisbatiga bog‘liq holda aniqlanadi va quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
    a) D/d1,2 – yupqa qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "M");
    b) 1,2 D/d 1,45 – o‘rtacha qoplamali eletrodlar, (shartli belgisi – "S")
    d) 1,45 D/d 1,8 – qalin qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "D")
    e) D/d 1,8 – o‘ta qalin qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "G")
    3. Elektrodlar tayyorlanish aniqlik darajasi, qoplama yuzasining tekisligi, payvand chokining bir tekisdaligi va oltingugurt bilan fosforning miqdoriga qarab (payvand chokdagi) quyidagi guruhlarga bo‘linadi (24.1–jadval):

    Elektrod turlari

    Oltingugurt

    Fosfor

    Elektrodlar guruhlari

    1

    2

    3

    1

    2

    3

    E42, E46, E50

    0,045

    0,040

    0,035

    0,050

    0,045

    0,040

    E42A, E46A,
    E50A, E55, E60

    0,035

    0,030

    0,025

    0,040

    0,035

    0,030

    4. Elektrodlar qoplamasining turi bo‘yicha quydagi guruhlarga bo‘linadi:


    a) kislota qoplamali – (shartli belgisi – “A”);
    b) asosiy qoplamali – (shartli belgisi – “B”);
    d) sellyuloza qoplamali – (shartli belgisi – “S”);
    e) rutil qoplamali – (shartli belgisi – “R”).
    f) aralash turdagi qoplamali – qo‘shaloq belgili (masalan, ATS);
    g) boshqa turdagi qoplamali – (shartli belgisi – “P”).
    h) qoplama tarkibida 20% dan ko‘p temir kukuni bo‘lgan elektrodlar uchun, guruh shartli belgisiga qo‘shimcha ”J” harfi yoziladi.



    Download 26,37 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   146




    Download 26,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvandlash vaqtida issiq darzlarni olish usullari

    Download 26,37 Mb.