• Erimaydigan elektrodlar
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 26,37 Mb.
    bet79/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    14-AMALIY MASHG’ULOT


    4.3.Yoyli dastakli payvandlashda yoy xosil qilish tajribasiga ega bo‘lish, erimaydigan elektrodlar bilan.

    Yoy yordamida kesish va payvandlash uchun erimaydigan elektrodlar sifatida GOST 23949-80 bo‘yicha tayyorlangan ko‘mir elektrodlar hamda grafit va volfram elektrodlardan foydalaniladi.


    GOST 23949-80 da 580A gacha tok kuchi bilan detallarni havo-yoy yordamida kesish, quymalarning ortiqcha joylari va nuqsonlarini olib tashlash, payvand choklarni yo‘qotish, metallarni payvandlash va boshqa ishlar uchun mo‘ljallangan mislangan hamda mislanmagan elektrodlar tayyorlanishi belgilangan. Ko‘mir elektrodlarning vazifasi va kesimiga qarab uch xil markadagi elektrodlar tayyorlash nazarda tutilgan: VDK (vozdushno-dugovыe kruglыe) – havo-yoy dumaloq; VDP (vozdushno-dugovыe ploskie) – havo-yoy yassi; CK (svarochnыe-kruglыe) – dumaloq payvandlash.

    VDK markali elektrodlar nominal diametri 6, 8, 10 va 12mm, uzunligi 300 10mm qilib ishlab chiqariladi. VDP markali elektrodlarning nominal kesimi 12×5 mm va 18×5 mm, uzunligi esa 350 10 mm; SK markali elektrodlarning nominal diametri 4, 6, 8, 10, 15 va 18mm, uzunligi esa 250 10mm bo‘ladi. Istemolchining talabiga binoan SK elektrodlari 700 35mm gacha uzunlikda ishlab chiqarilishi mumkin.
    Erimaydigan elektrodlar. Ko‘mirli, grafitli, elektrodlar yoyning yonishi barqarorligini qo‘llab quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Bu elektrodlar yuqori temperaturalarning ta’siriga yuqori darajada chidamlilikka ega bo‘lishi kerak, ya’ni bu sharoitlarda yonib tugallanmasligi kerak. Elektrodlarning kesimini oshirish xisobiga uning qizishini kamaytirish mumkin. Shu sababli ko‘mirli va grafitli elektrodlar odatda katta diametrga ega bo‘ladi (6 – 20 mm). Volfram elektrodlar nisbatan kichik diametrlarda xam (1 – 6 mm) juda oz qiziydi, buning sababi volframning elektrqarshiligi uncha katta emasligidir. Biroq inert gazlar bilan payvandlashda ularni oksidlanishdan himoyalash zarur. Sirkoniyliy va gafniyli elektrodlar metallarni plazma yoyli kesishda plazmatronlarda foydalaniladi.
    Qoplamali elektrodlar. Dastaki yoyli payvandlash uchun payvand simdan tayyorlangan (ГОСТ 2246-70) 450 mm gacha uzunlikdagi sterjendan iborat elektrodlar qo‘llaniladi, ularning sirtiga turli qalinlikdagi qoplama qoplangan bo‘ladi. Bunda elektrodlarning uchlari kontakt elektrodlar singari tozalanishi kerak: biri uni elektrod tutqichiga siqib qo‘yish uchun 20-30 mm uzunlikda, ikkinchisi payvandlash boshida yoyni yoqish uchun.


    Download 26,37 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146




    Download 26,37 Mb.