Mashinasozlik texnologiyasi




Download 26,37 Mb.
bet78/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

13-AMALIY MASHG’ULOT


4.2. Yoyli dastakli payvandlashda yoy xosil qilish tajribasiga ega bo‘lish, eriydigan elektrodlarni fazoviy holatiga qarab tanlash.

5. Payvand choklarini bajarilishiga ruxsat etilgan fazoviy holatlariga qarab elektrodlar 4 guruhga bo‘linadi:


a) hamma fazoviy holatlar uchun mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – “1”)
b) vertikal holatning “tepadan pastga” ko‘rinishidan boshqa hamma holatlar uchun mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – “2”).
e) pastki holat, gorizontal holat va vertikal holatning “pastdan tepaga” ko‘rinishlari uchun mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – “3”).
d) pastki holat va pastki holatlarda “qayiqsimon” ko‘rinishlarga mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – “4”).
6. Payvandlashda ishlatiladigan tok ko‘rinishi, qutbi hamda salt yurish kuchlanishning kattaligicha qarab elektrodlar 10 ta ko‘rinishga bo‘linadi (24.2-jadval):

Tavsiya etilgan qutb

Ta’minlovchi manbaaning salt ishlash kuchlanishi Uxx, V

Raqam belgilari

teskari

-

0

har-hil
to‘g‘ri
teskari

50±5
50±5
50±5

1
2
3

har-hil
to‘g‘ri
teskari

70±10
70±10
70±10

4
5
6

har-hil
to‘g‘ri
teskari

90±5
90±5
90±5

7
8
9

Ko‘mirli, grafitli, elektrodlar yoyning yonishi barqarorligini qo‘llab quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Bu elektrodlar yuqori temperaturalarning ta’siriga yuqori darajada chidamlilikka ega bo‘lishi kerak, ya’ni bu sharoitlarda yonib tugallanmasligi kerak. Elektrodlarning kesimini oshirish xisobiga uning qizishini kamaytirish mumkin. Shu sababli ko‘mirli va grafitli elektrodlar odatda katta diametrga ega bo‘ladi (6 – 20 mm). Volfram elektrodlar nisbatan kichik diametrlarda xam (1 – 6 mm) juda oz qiziydi, buning sababi volframning elektrqarshiligi uncha katta emasligidir. Biroq inert gazlar bilan payvandlashda ularni oksidlanishdan himoyalash zarur. Sirkoniyliy va gafniyli elektrodlar metallarni plazma yoyli kesishda plazmatronlarda foydalaniladi.
Qoplamali elektrodlar. Dastaki yoyli payvandlash uchun payvand simdan tayyorlangan (ГОСТ 2246-70) 450 mm gacha uzunlikdagi sterjendan iborat elektrodlar qo‘llaniladi, ularning sirtiga turli qalinlikdagi qoplama qoplangan bo‘ladi. Bunda elektrodlarning uchlari kontakt elektrodlar singari tozalanishi kerak: biri uni elektrod tutqichiga siqib qo‘yish uchun 20-30 mm uzunlikda, ikkinchisi payvandlash boshida yoyni yoqish uchun.



Download 26,37 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146




Download 26,37 Mb.