Mashinasozlik texnologiyasi




Download 26,37 Mb.
bet93/146
Sana23.11.2023
Hajmi26,37 Mb.
#103915
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   146
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

26-AMALIY MASHG’ULOT


7.2 Yoyli dastakli payvandlashning rejimini hisoblash va ularni pastki va gorizontal choklarni payvandlashda sinab ko`rish.

Po‘latlarni yoy yordamida dastaki usulda payvandlashda tok kuchini akdemik K.K. Xrenovning ifodasi bilan ham aniqlash mumkin:


Jpayv = (20+6) · de
YOyning kuchlanishi nisbatan kam bo‘lib, 16-30 V chegarasida o‘zgaradi. Uning qiymati yoyning uzunligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi,
U h = Uak+ U u ·Lu,
bu U a k – anod yoki katodda kuchlanish tushishi, u yoyning uzunligiga bog‘liq bo‘lmaydi va 1 … 12 V ga teng bo‘ladi;
Uu - 1mm yoy uzunligiga to‘g‘ri keladigan kuchlanish tushishi 2…3 V ga teng bo‘ladi.
YOyning uzunligielektrod diametriga bog‘liq bo‘lib, quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
Lu = 0,5 (de + 2)
Payvandlash tezligiVpayv m/soat quyidagi ifoda yordami topiladi:
Vpayv =
bu erda KN – eritib quyish koeffitsienti, g/ /A.soat /; [sifatli qoplamali elektrodlar uchun K­N = 10…12 g//A. soat /; yoyni barqaror qiluvchi qoplamali elektrodlar uchun KN = 8g/ /A.soat/]; QN-1m uzunlikka to‘g‘ri keladigan eritib quyilgan metall miqdori,g/m. Eritib quyilgan metall miqdori quyidagi tenglama bilan topiladi:
QH =f·l·j
bu erda f-chokning ko‘ndalang kesim yuzasi, m2; l-payvand chokning uzunligi, mm;
j-eritib quyilgan metallning solishtirma og‘irligi /po‘lat uchun j =7,8· 103 kg/m3 /.
YOyning yonish vaqti (asosiy vaqt) quyidagi ifoda bilan topiladi.

Payvadlashda sarf bo‘lgan elektr quvvati R/ kVt. soat/ quyidagiifoda orqali topiladi:

bu erda: η-ta’minlash manbaining foydali ish koeffitsienti (transformator uchun Ipayv=100…450 A bo‘lganda ηtr=0.8…0.85,generatoruchun ηgen=0,3…0,4);
MXX-ta’minlash manbaining salt (xolostoy xod) ishlash vaqtidagi quvvati (transformatoruchun MXX=0,2…0,4 kV.A, generator uchun MXX=2…3 kv.A);
T-ta’minlash manbaining umumiy ish vaqti, soat.
Dastaki usuldapayvandlashda 1 kg eritib qo‘yilgan metall uchun sarf bo‘lgan elektr quvvati o‘rta hisobda o‘zgartuvchi tok uchun P = 3,5 . . . 4,4 kVt. soat. o‘zgarmas tok uchun R = 7 . . . 8 kVt. soatni tashkil etadi.
Elektrod diametrikmetallning qalinligi, chokning fazodagi vaziyatiga qarab tanlanadi.
Elektrod diametri katta bo‘lsa, payvandlashda ish unumi ortadi, lekin uni ortiqcha katta olish payvandlanadigan metall qirralari erib, kuyib qolishiga olib keladi. SHuning uchun elektrod diametrini to‘g‘ri tanlash kerak.
Elektrod diametri quyidagi quyidagi tajriba yo‘li bilan aniqlangan ifoda yordamida aniqlanadi:

bu erda S – payvandlanayotgan metall qalinligi 20 mm. dan ortiq bo‘lganda elektrod diametri 8 … 10 mm dan ortiq bo‘lmaydi.
CHokni pastki vaziyatda payvandlashda metall qalinligi S bilan elektrod diametri deorasidagi nisbatning taxminiy qiymatlari quyidagicha bo‘ladi:

S, mm

2

3 . . . 5

6 . . . 8

9 . . . 12

13 . . . 15

16 . . . 20

> 20

d, mm

2

3 . . .4

4. . . 5

5 . . . 6

6 . . . 7

7 . . . 8

8 . . . 10

Vertikal choklarni payvandlashda elektrod diametri 5 . . . 6 mm dan, ship choklarni payvandlashda esa 4mm dan katta bo‘lmasligi zarur.
Tok kuchi Jpayv , A , payvandlanayotgan metall qalinligi S elektrod diametri de ga, issiqlik o‘tkazish koeffitsenti λga, payvand chok turiga ( uchma-uch, burchakli, tavrli va h.k), payvandlash tezligiga, payvand chokning fazodagi holati (pastki, tik va ship)ga bog‘liq bo‘ladi.
Tajribada tok kuchi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Jpayv = K · de ,
bu erda K – tokning zichlik koeffitsenti, A, mm.
oddiy dastaki usulda payvandlashda tokning zichlik koeffitsenti K quyidagicha bo‘ladi:
metall elektrodlar uchun 40 … 50, A, mm
ko‘mir elektrodlar uchun 5 … 8, A, mm
grafit elektrodlar uchun 18 … 20, A, mm:
Metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi ortishi bilan u asosan metallning kimyoviy tarkibiga bog‘lik bo‘ladi, tok kuchi ortadi.
Misol uchun , temirning issiqlik o‘tkazuvchanligi λFe = 40 . . . 50 kkal / m·s· (alyuminiyniki esa λAe = 150 . . . 170 kkal/ /m.s. oS), shuning uchun alyumniyni payvandlashda tok kuchi quyidagicha bo‘ladi.

Tarkibida leriglovchi elementlari (Ni , Cr , W , Mn , V) borligi uchun issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan leriglangan po‘latlarni payvandlashda, ularda yuqori ichki kuchlanishlar va yoriqlar paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida, tok kuchini (0,8-0,9). Jpayvgacha kamatirib olinadi
O‘zgaruvchi tok bilan payvandlashdatok kuchi o‘zgarmas tokda payvandlashga qaraganda 1,1 – 1,2 ga ortiq qilib olinadi. Payvandlanadigan metalning kalinligi S>3d, bo‘lganda tok kuchi 10-15 % ga ko‘paytirib olinadi.
CHoklarni tik va ship vaziyatlarda payvandlash odatda diametri 4 mm dan katta bo‘lmagan elektrodlar bilan bajariladi. Bunda tok kuchi pastki vaziyatda payvandlashdagiga qaraganda 10-20 % past bo‘lishi kerak.



Download 26,37 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   146




Download 26,37 Mb.