Mashinasozlikda aniqlikka erishish usullari




Download 0,63 Mb.
bet2/9
Sana18.02.2024
Hajmi0,63 Mb.
#158398
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MASHINASOZLIKDA ANIQLIKNING HISOBLASHNI ZAMONAVIY USULLARI.

2. Mashinasozlikda aniqlikka erishish usullari.
Tayyorlamaga ishlov berishdagi berilgan aniqlikka ikkita bir-biridan tamoyilli farq qiladigan usullar orqali erishish mumkin: sinovli yurishlar va o’lchovlar hamda sozlangan dastgohlarda o’lchamlarni avtomatik olish usullari.
Sinovli yurishlar va o’lchovlar usulida dastgohda o’rnatilgan tayyorlamani ishlov beriladigan yuzasiga kesuvchi asbob keltiriladi va tayyorlama yuzasini qisqa qismidan sinov qirindisi qirqiladi. So’ngra dastgoh to’xtatiladi, olingan o’lcham sinovli o’lchanadi, uni chizmasidan og’ish kattaligi aniqlanadi va dastgoh limbi yordamida asbob holatiga tuzatish kiritiladi.
So’ngra yana tayyorlama qisqa qismiga sinov ishlov berish amalga oshirilib, olingan o’lcham yana o’lchanadi va kerak bo’lsa asbobni holatiga yangi o’zgartirish kiritiladi. Shunday qilib, sinovli yurishlar va o’lchovlar orqali talab etilayotgan o’lchamni olish uchun asbobni tayyorlamaga nisbatan to’g’ri holatga o’rnatiladi. Bulardan so’ng tayyorlamani butun uzunligi bo’yicha ishlov beriladi. Keyingi tayyorlamaga ishlov berishda asbobni sinovli yurish va o’lchovlar orqali o’rnatish jarayoni yana qaytariladi.
Sinovli yurish va o’lchovlar usulida ko’pincha belgilar qo’llaniladi. Bu holda birlamchi tayyorlama yuzasiga maxsus asboblar yordamida (chizg’ich, shtangenreysmus va boshqalar) bo’lajak detal konturi, bo’lajak teshiklar markazlari holatini yoki o’yiqchalar konturlarini ko’rsatuvchi ingichka chiziqlar chiziladi.
Ishlov berish jarayonida ishchi asbob kesuvchi tig’ini harakat yo’nalishini shu chiziqlar bo’yicha amalga oshirish orqali tayyorlashdagi talab etilgan yuza shaklini chiqishini ta’minlaydi.
Tayyorlamalarga o’lchamlarni avtomatik olish usulida ishlov berishda dastgoh birlamchi shunday sozlanadiki, bunda tayyorlamani talab etilayotgan aniqligiga, ishchini malakasi va e’tiboriga deyarli bog’liq bo’lmagan holda avtomatik tarzda erishiladi.

1- rasm. O’lchamlarni avtomatik olish usuli bilan tayyorlamalarga ishlov berish
Tayyorlama 2 “a” va “b” o’lchamlarga frezalashda, frezerli dastgoh stoli balandiigi bo’yicha birlamchi shunday o’rnatiladiki, bunda qisqichlarni qo’zg’almas siquvchi elementni tayanch yuzasi frezani aylanish o’qidan K=Dfr /2+a masofaga orqada qoladi. Shuningdek freza 3 ni yon yuzasini stolni ko’ndalang siljitish orqali qisqichni qo’zg’almas elementini vertikal yuzasidan “b” masofaga uzoqlashtiriladi (1 a -rasm).
Dastgohni bunday birlamchi sozlashni sinovli yurish va o’lchovlar usulida bajariladi. Bunday sozlashdan so’ng tayyorlamani barcha partiyalarga oraliq o’lchovlarsiz (bundan tanlama nazorat o’lchovlari mustasno) va dastgoh stolini ko’ndalang va vertikal yo’nalishlarda qo’shimcha siljitishlarsiz ishlov beriladi. Ishlov berish jarayonida “K” va “B” o’lchamlar o’zgarmasligi sababli, ishlov berilayotgan tayyorlamani “a” va “b” o’lchamlari aniqligi, dastgohni shunday sozlashda ishlov berilayotgan barcha tayyorlamalar uchun bir xilligi saqlanib qolinadi. Shunga o’xshash tayyorlama 2 yon yuzasiga ishlov berishda tayyorlamani “a” o’lchami keskich 3 siljishini cheklovchi tayanch 4 yuzasidan mahkamlovchi moslama yonigacha bo’lgan “C” masofa hamda tayanch 4 yuzasidan keskich tig’i uchigacha bo’lgan “b” masofa bilan aniqlanadi (1 b -rasm).
Dastgohni birlamchi sozlashda o’rnatiladigan bu o’lchamlarning doimiyligida ishlov berilayotgan tayyorlamani “a“ o’lchami o’zgarmay turadi.
Demak, sozlangan dastgohlarda o’lchamlarni olishni avtomatik usulini qo’llashda talab etilayotgan aniqlikni ta’minlash vazifasi ishchidan dastgohni birlamchi sozlaydigan sozlovchiga, maxsus moslama tayyorlovchi asbobsozga hamda texnologik asoslar va tayyorlama o’lchamlarini belgilovchi, uni o’rnatish va mahkamlash usulini, moslamani kerakli konstruksiyasini aniqlovchi texnologga o’tadi.
O’lchamlarni avtomatik olish usulini afzalliklari quyidagilar:
-ishlov berish aniqligini oshish va nuqsonni kamayishi;
-ishlov berish unumdorligini oshishi; -ishchilar malakasidan muqobil foydalanish; -ishlab chiqarish samaradorligini oshishi.
Sozlangan dastgohlarda o’lchamlarni avtomatik olish usulini bunday afzalliklari uni zamonaviy seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida keng qo’llanishini belgilab beriladilar.

Download 0,63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinasozlikda aniqlikka erishish usullari

Download 0,63 Mb.