|
Asbobni issiqlik deformasiyalanishi
|
bet | 7/9 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #158398 |
Bog'liq MASHINASOZLIKDA ANIQLIKNING HISOBLASHNI ZAMONAVIY USULLARI.Asbobni issiqlik deformasiyalanishi. Kesib ishlash jarayonida kesish doirasida katta issiqlik hosil bo’ladi va u ba’zan 900 0C ga yetadi. Issiqlik ta’siridan keskich uzayadi va natijada ko’proq qirindi olinib, detal o’lchami kichiklashadi.
9-rasm. Keskichning issiqlik deformatsiyalanishi
Keskichning vaqt o’tishi bilan issiqlik ta’siridan uzayishi (𐐩) 9–rasmda ko’rsatilgan.
Tokarlik keskichini uzayishiga uni dastgoh keskich ushlagichidan chiqib turish kattaligi ta’sir qiladi, masalan uni 40 dan 25 mm gacha kamaytirishda keskich uzayishi 28 dan 18 mkmgacha kamayadi.
Kesish jarayonida keskich 30-50 mkm ga qadar uzayishi mumkin. Issiqlik va uning ta’siridan uzayish kesish tezligining, surish va kesish chuqurligining ko’payishi bilan ortib boradi.
Kesuvchi asbobning issiqlik ta’siridan uzayishi natijasida detallarda o’lcham va katta o’lchamdagi detallarda shakl xatoliklari hosil bo’ladi.
Shunday qilib, issiqlikning dastgoh-tayyorlama-kesuvchi asbobi texnologik birligiga ta’siridan, avvaldan sozlangan dastgohlarda ishlaganda, o’lcham xatoliklari xosil bo’lar ekan va tayyorlama o’lchamining kattalashishi bilan bu xatolik ko’payadi.
7. Dastgohni sozlashda paydo bo’ladigan xatoliklar
Dastgohni sozlashda kerakli o’lchamni olish uchun kesuvchi asbob ishlov berilayotgan yuzaga nisbatan ma’lum bir vaziyatni egallashi (sozlanish) kerak. Ish jarayonida kesuvchi asbobining yeyilishi ham dastgohni qayta sozlashga olib keladi.
Sozlash va qayta sozlashdan maqsad-partiyadagi barcha detallarning o’lchamlarini joizlik maydoni ichida olishdir. Kesuvchi asbobni har bir almashtirishda uni bir xil holatda o’rnatib bo’lmaydi, u ishlov berilayotgan detallar partiyalari uchun turlicha bo’ladi. Asbobni ikki holatlari orasidagi masofa yoki uni holatlarini yeyilishini dastgohni sozlash xatoligi deyiladi. Sozlash xatoligi kattaligi dastgohni sozlashni bajarish usuliga bog’liq bo’ladi va maksimal minimal sozlanadigan o’lchamlar farqi ko’rinishida bo’ladi. Sozlash xatoligi kattaligi sozlovchi malakasi hamda qo’llaniladigan o’lchov asbobi va andozalarni aniqligi bilan aniqlanadi.
Namuna detallari bo’yicha sozlash bajarilganda sozlash xatoligi ushbu usulga xos bo’lgan hisoblash noaniqligi funksiyasi ham bo’ladi va sozlash aniqligiga ishlov berilgan detallarni o’lchash orqali baho beriladi. Odatda olingan o’lchamlarni o’rta arifmetigini berilgan sozlashda ishlov berilgan detallar partiyasi uchun o’lchamlarni markazi deb qabul qiladilar. Sozlovchini vazifasi mumkin qadar bu guruhlash markazini sozlanuvchi o’lchamga to’g’ri keladigan nuqta bilan mos keltirishdir. Agarda namuna detallar o’lchamlarini hisoblangan o’rta arifmetigi sozlanuvchi o’lchamdan farq qilsa, u holda sozlovchi asbob holatini limb yoki boshqa qurilma yordamida rostlaydi.
Chekka va me’yorli kalibrlar qo’llagan holda namuna detallar bo’yicha dastgohni sozlash nisbatan kam ishlatiladi, bu usul nisbatan noaniq va ko’p miqdordagi namuna detallarni talab etadi.
Kesuvchi asbobni andoza bo’yicha o’rnatish odatda frezerli va tokarli dastgohlarni sozlashda qo’llaniladi. Shup yordamida moslama korpusida mahkamlangan andoza tekisligi va freza tishi orasidagi masofani tekshiradilar. Shup bo’yicha o’rnatish aniqligi ishchi malakasi, freza tishlarini radial tepishi kattaligi hamda andoza va shupni tayyorlash aniqligi va yeyilish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Andoza bo’yicha sozlash dastgohni ishlamay turgan holatida bajariladi va bu andoza o’lchamlarini tayyorlashda hisobga olinadi.
Andozalarni tayyorlash xatoligi 10-20 mkm, asbobni o’rnatish xatoligini esa 20-
25 mkm. atrofida bo’ladi, u holda sozlash xatoligi 25-60 mkm. bo’ladi. Ba’zi hollarda kesuvchi asbobni ishlov berilayotgan tayyorlamadan olib ketish va yana avvalgi holatga qo’yish kerak bo’ladi, bu qattiq yoki indikatorli tayanchlar yordamida bajariladi. Oddiy sharoitlar uchun qattiq tayanch bo’yicha o’rnatish xatoligi 20-50 mkm.ni tashkil etadi, malakali ishchi uni 10-20 mkm.gacha kamaytirishi mumkin.
Xulosa qilganda, namuna detallar bo’yicha sozlashda yuqori aniqlik ta’minlanadi, ammo ko’p mehnat sarflanadi (ba’zi hollarda umumiy vaqtni 20%gacha), namuna detallarni bir qismi nuqsonga chiqariladi. Shuning uchun bu usul nisbatan oddiy sozlanadigan dastgohlar uchun qo’llaniladi.
Andoza bo’yicha sozlashda nisbatan kam mehnat sarflanadi, aniqlikni muntazam chiqishini ta’minlaydi, yuqori malakali ishchilarga hojat qolmaydi.
|
| |