|
Mashinasozlikda aniqlik referat
|
bet | 9/9 | Sana | 18.02.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #158398 |
Bog'liq MASHINASOZLIKDA ANIQLIKNING HISOBLASHNI ZAMONAVIY USULLARI.Asoslash xatoligi. Tayyorlamani moslamaga o’rnatishda o’lcham asosi bilan texnologik asosning bir-biriga to’g’ri, mos kelmasligi natijasida asoslash xatoligi hosil bo’ladi.
Asoslash xatoligi deb tayyorlamaning o’lcham asosidan ishlov berish uchun o’rnatilgan kesuvchi asbobga qadar bo’lgan eng katta va eng kichik masofalarning ayirmasiga aytiladi [7].
Asoslash xatoligi qandaydir mujmal, noaniq son bo’lmay, u har bir o’lcham uchun qo’llanilgan asoslash sxemasiga bog’liq ravishda aniqlanadi, ya’ni asoslash sxemasi o’zgarishi bilan o’lchamning asoslash xatoligi ham o’zgaradi.
Maxkamlash xatoligi tayyorlamalarni moslamada maxkamlashda qisish kuchi ta`sirida ularning xolati o’zgarishi mumkin (surilishi, burilishi, ezilishi). Tayyorlama xolatining o’zgarishi esa shu moslamada tayyorlangan detallar o’lchamlarining o’zgarishiga olib keladi.
Maxkamlash xatoligi (𐐩K) deb qisish ta`sirida o’lcham asosi bilan kesuvchi asbobiga qadar bo’lgan masofalarni tayyorlamaning siljishi hisobiga, o’zgarishiga aytiladi.
Maxkamlash xatoligi qiymati moslama qisish mexanizmining tuzilishi va xolatiga, qisish kuchining yo’nalishiga; texnologik yuzalar holatiga bog’liq bo’ladi.
|
| |