• BAYONNOMASI 21.09.2023yil TTJ 1-bino Q
  • “Matematik analiz” kafedrasi professor-o’qituvchilari
  • KUN TARTIBI
  • Fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini
  • Matematik analiz




    Download 17.22 Kb.
    Sana17.04.2024
    Hajmi17.22 Kb.
    #199477
    Bog'liq
    Kafedra kuni doirasida 29.02.2024
    kompyuterli matematik tizimlar testlar 2, qadimgi dunyo tarixi 6 rus, MARKETING test, 4 pedagogika psixologiya, ANORA .ISTAMOVA ;MOPERTYUI PRINSIPI, Bebutov Jumabek Nodir o’gli (2), Kurs ishi Hamroqulova Oltinoy 23996, A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, kimyoviy bog\'lanish, Документ Microsoft Word, 7-sinf biologiya yangi, HAMROQULOVA K, HAMROQULOVA K, ELEKTRO MAGNIT TO`LQINLAR, 7-sinf Fizika yillik konspekt

    Buxoro davlat universiteti Fizika –matematika fakulteti “Matematik analiz” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomondan

    Talabalar turar joyida “Kafedra kunlari” doirasida tashkil etilgan tadbir



    BAYONNOMASI
    21.09.2023yil TTJ 1-bino
    QATNASHDILAR: “Matematik analiz” kafedrasi professor-o’qituvchilari: E.B.Dilmurodov, H.R.Rasulov, S.S.Xudayarov, Sh.B.Do’stova, U.U.Umarova, F.Ya.Mardanova, X.G’.Xayitova, N.A.Tosheva, G.R.Saylieva M.Sh.Sharipova, Ch.I.Jumayeva, M.A.Abdullayeva, va TTJda yashovchi Fizika –matematika fakulteti talabalari
    KUN TARTIBI:
    “Zulfiyaxonim izdoshlarimiz” shiori ostida “Orasta qizlar” ko’rik tanlovining kafedra bosqichi


    Eshitildi
    29.02.2024yil Buxoro davlat universiteti TTJda Fizika-matematika fakulteti Matematik analiz kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan besh tashabbus doirasida kafedra kuni o’tkazildi. Kafedra kuni doirasida “Matematik analiz” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida o'zbek adibasi, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavallud topganligining 109 yilligiga bag'ishlab "Zulfiyaxonim izdoshlarimiz" shiori ostida “Orasta qizlar” ko'rik tanlovining kafedra bosqichi o'tkazildi.



    Tanlovda to’rt shart boyicha qizlar o'zaro bellashdilar. Jarayonda Zulfiyaxonim hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiyalar, bahor faslini tarannum etuvchi sherlar, kuy-qo'shiqlar tadbir ishtirokchilari tomonidan maromiga yetkazib ijro etildi.
    Tanlovning 1-sharti Tanishtiruv sharti. Bu shartda ishtirokchi qizlar o’zlarini she’riy tarzda tanishtirib o’tdilar. 2-shartda o’zbek xalq og’zaki ijodidan she’r, qo’shiq, kuy va laparlar ijro etildi. Bu shart bahrubayt tarzida o’tkazildi. 3-shart “Mohir qo’llar” deb atalib, bunda qizlarimiz o’z qo’l mehnatlari bilan bajargan ishlarini taqdim qildilar. 4-shart esa erkin mavzu tarzida o’tkazildi. Tanlov ishtirokchilari raqs, monolog, qo’shiq va saxna ko’rinishlarini ijro etib, o’z iste’dodlarini namoyon qildilar. Har bir shartda ishtirokchilar hakam hay’ati a’zolari tomonidan 5 ballik tizimda baholab borildi. Hamda bu ballar asosida ko’rik-tanlov g’olibasi va shartlar bo’yicha turli naminatsiyalar aniqlandi.


    Barcha tanlov ishtirokchilari 1-darajali va naminatsiyalar bo’yicha diplomlar hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.



    Fizika-matematika fakulteti yoshlar
    bilan ishlash bo’yicha dekan muovini A.N.Ubaydullayev

    Bayonlashtirdi:
    Matematik analiz” kafedrasi
    o’qituvchisi M.A.Abdullayeva
    G.R.Sayliyeva
    CH.I.Jumayeva
    M.Sh.Sharipova
    Download 17.22 Kb.




    Download 17.22 Kb.