aⁿ (ko`rsatkichli daraja)




Download 202 Kb.
bet12/37
Sana22.07.2021
Hajmi202 Kb.
#15495
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
aⁿ (ko`rsatkichli daraja).

Fransuz matematigi Nikola Orem natural ko`rsatkichli darajalarni yozish usulini birinchi bo`lib o`z asarlarida qo`llagan.

Daraja ko’rsatgichining zamonaviy yozuvi Dekart tomonidan 1637-yilda “Geometriya”asarida kiritilgan.
x (kvadrat yoki ikkinchi darajali ildiz).

8 asrdan boshlab Ovrupa matematiklari ishlarida ildizni lotincha Radix (ildiz) yoki qisqacha R, so`ngra R² [fransuz matematigi Nikola Shyuke (taxminan 1445- taxminan 1500) ishlarida] shaklida qo`llanilgan. Umuman, matematika tarixi bo`yicha manbalarningdalolat berishichaildiz belgisi (√) juda ko`p bosqichlarni bosib o`tgan.

1525-yil K.Rudoef kvadrat ildizni ˅ ko`rinishda belgilagan.

1626-yil Golland matematigi Albert Jirar ˅ belgisini kiritgan, keyinroq √ shaklda qo`llanila boshlandi.

1685-yil Nyuton “Universial arifmetika”da ham shu belgidan foydalangan. 1690-yil Fransuz matematigi Mishel Roll (1652-1719) ning “Algebradan qo`llanma” asarida hozirgi ko`rinishda birinchi marta qo`llanilgan.

Ildiz belgisini birinchi bo`lib 1525-yilda kosist maktabi nemis matematigi Kiristof Rudolf zamonaviy ko`rinishini ishlatgan. Bu simvol ham o`sha radix so`zidan kelib chiqqan. Ildiz osti ifodaning ustidagi to`g`ri chiziq boshida yo`q edi. Buni keyinchalik Dekart 1637-yilda qavs o`rniga qo`yish maqsadida kiritdi va bu chiziq tez orada ildiz belgisi bilan qo`shib yozilgan.




Download 202 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Download 202 Kb.