105
FARG‘ONA ISSIQLIK MARKAZI KORXONASIDA ZAMONAVIY GTQNI
QO‘LLANILISHINI VA ELEKTR TA’MINOTIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH
M.F. Raximov, A.A. Roʻziboev49-18 EN guruh talabasi
Farg‘ona politexnika instituti
“Farg‘ona Issiqlik Elektr markazi” korxonasining o‘rnatilgan quvvati 305 MVtni tashkil
qiladi. Hozirgi kunda korxonaning 6 ta bug‘ turbinali qurilmalari mavjud va 1 ta bug‘turbinali
qurilma (BTQ) ishlatiladi. Yani ulardan 2018-yil davomida yozgi mavsumida 1 ta 30 MVtli, qishki
mavsumda 1 ta 100 MVtli BTQ ishlatildi. Bunga sabab korxonaning
ishlab chiqargan issiqlik
energiyasiga bo‘lgan talabning iste’molchilar tomonidan kamligi va korxonaga o‘rnatilgan
qurilmalarning ma’naviy eskirganligi, hozirgi kunda energiya tejamkorlik talablariga javob bera
olmayatganligidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonivich Mirziyoyev 2017-yil 7-
fevralda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”ni PF-4947 farmonini imzoladi. Harakatlar
strategiyasining uchinchi yo‘nalishi ya’ni “Iqtisodiyotni
yanada rivojlantirish va
liberallashtirish”yo‘nalishining “Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish,
milliy iqtisodiyotning
yetakchi
tarmoqlarini
modernizatsiya
va
diversifikatsiya
qilish
hisobiga
uning
raqobatbardoshligini oshirish” vazifasi belgilangan. Demak, buvazifani Energetika orqali
ta’riflasak: Elektr energiyasini ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish , yoqilg‘i resurslari
sarfini kamaytirish va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishga energiya tejamkor texnologiyalarni
keng joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishni amalga
oshirish vazifasi belgilab olingan.
Hozirgi kunda yuqorida aytib o‘tilgan “Harakatlar strategiyasi”ning uchinchi yo‘nalishi
bo‘yicha “Farg‘ona Issiqlik Elektr markazi”da zamonaviy 17 MVtli gaz turbinasini o‘rnatish va
ishga tushirish loyiha qilindi. Shu loyiha doirasida Yaponiyaning “Kawasaki heavy Industries” va
“Marubeni Utility Services” kompaniyalari
tomonidan butlovchi jihozlar, ehtiyot
qismlar,materiallarni olib kelish va o‘rnatish ishlariamalga oshiriladi. Qurilish va montaj ishlari
esa “O‘zbekgidroenergoqurilish” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bajariladi.