PAST KUCHLANISHLI ELEKTR TARMOQLARIDA TRANSFORMATORLARNING SIMMETRIYALOVCHI QURILMA YORDAMIDA ELEKTR ENERGIYASI ISROFLARINI KAMAYTIRISH To‘ychiyev Z.Z Farg‘ona politexnika instituti,
tuychiev7055@gmail.com Ulanish guruhi Y/Y
0
transformatorlarni o’zgaruvchan bir fazali yuklama sharoitida
simmetriyalovchi qurilma qo’llash. 0.4 kV tarmoqlar uchun hozirgi shart-sharoitlarda eng samarali
usullaridan yana biri sig’im-induktiv turidagi simmetriyalovchi qurilmalar qo’llash orqali elektr
energiya isroflarini kamaytirish. Laboratoriya sharoitida fizik modeldan foydalanib ulanish guruhi
Y/Y
0
transformatorda simmetriyalovchi qurilmaning immitatsiya modelidagi taxlillari.
Elektr energiyasi, elektr tarmoqlari, sifat ko‘rsatkichlari, ishonchlilik, quvvat isroflari,
reaktiv quvvat.
0.4 kVli elektr tarmoqlarida nosimmetrik holatlar elektr tarmog‘ida elektr energiya sifat
ko‘rsatkichlari muhim ko‘rsatgichlar hisoblanadi. Elektr taminotidagi yuklamalarning notekis
taqsimlanishi kuchlanish va tok nosimmetryasi xosil bo‘lish sabablaridan biridir. Qisqa muddatli
nosimmetrik xolatlar tarmoqdagi turli xil avariya holatlarida, nosimmetrik qisqa tutashuv bir yoki
ikki simni uzilib erga tutashishi natijasida yuzaga keladi. Uzoq muddatli nosimmetrik holatlar
elektr tarmoq elementlari xususiyati (bo‘ylama nosimmetrya) yoki tarmoqqa bir, ikki va uch fazali
yuklama notekkis o‘rnatilishi (ko‘ndalag nosimmetrya) bog‘liq.
Ko‘p holatlarda kuchlanish
nosimmetriyasi faza yuklamalarining har xilligidan paydo bo‘ladi. 0,4 kV li shahar va qishloq
elektr tarmoqlarida kuchlanish nosimmetriyasi asosan bir fazali kichik quvvatli yoritish va maishiy
elektr iste’molchilarini ulanishi sababli yuzaga keladi. Bunday yuklamalar soni katta
bo‘lmaganligi uchun ularni fazalar bo‘yicha bir xil taqsimlash kerak. Bundan tashqari kuchlanish
nosimmetryasi transformatorlarning holatiga ham sezilarli ta’sir etib uni ishlash muddatini
qisqartirishga olib keladi. Tok nosimmetryasi 10% ni tashkil etganda, transformatorning
izolyatsiyasining eskirishi belgilangan muddatdan 16% ga kamayadi. Agar tarmoqdagi teskari va
nol ketma ketlikli nosimmetriklik koyeffisiyentlari qiymati 0,25-0,30 ga teng bo‘lganda, unda
liniyalar va tranfomatorlarda quvvat va elektr energiya isrofi simmetrik ish rejimiga nisbatan 30-
50% ga ortadi. Oxirgi o‘n yilliklarda qishloq xujaligi tarmoqlarida elektr energiyaning texnologik
isroflari 3 marta ortdi va 30% ni tashkil etadi. [1,2].
Kuchlanish nosimmetriyasi quyidagilarga bo‘linadi: Kuchlanish nosimmetriyasini teskari
ketma-ketligi; Kuchlanish nosimmetriyasini nol ketma-ketligi.
Past kuchlanishli elektr tarmoqlari ta’minot sxemasi 1 rasmda berilga. Bular odatda quvvati
10/0,4 yoki 6/0,4 transformatorlardan tashkil topgan bo‘lib bir, ikki va uch fazali yuklamalarga
ega bo‘lgan iste’molchilarga odatda xavo linyalari kam hollarda kabel linyalari orqali elektr
energiyasi etkazib beriladi. Fazalarda yuklamalar notekis taqsimlanishi natijasida elektr energiya
yo‘qotishlarini ortib borishiga olib keladi [2].
Ushbu transformatorlar ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi yuqori, ammo
transformatorlar fazalar bo‘yicha yuklamalari simmetrik bo‘lgandagina samarali hisoblanadi.
110 Haqiqatan ham, bir fazali yuklamalarning o‘ziga xosligi shundaki, elektr tarmoqlarida ularning
yuklamalari simmetriyasi vaqt davomida asta-sekin buziladi va bu holatda transformatorlarda va
liniyalarda elektr energiyasining yo‘qolishi keskin oshadi. Ulanish guruhi (