111
qurilmalar, xuddi o’ziga nol ketma-ketlik toklarini tutashtiradi va ularni 0,4 kV liniyaning boshqa
qismlariga deyarli o’tkazmaydi. SQ transformatorning chiqishiga o’rnatiladi va yuklamaga
parallel ravishda ulanadi. Nol ketma-ketlikning yuklamadagi kuchlanishi minimal bo’ladi va faqat
SQ nol ketma-ketlik qarshiligi bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, SQ ulanishi elektr energiya
iste’molchilarida kuchlanishlar isroflarini va liniyadagi toklar nosimmetriyasini kamaytiradi.
Minimal nol ketma-ketlik qarshiligiga ega qurilmalar quyidagi elektr bog’lanishlar bilan
amalga oshirilishi mumkin (sig’im-induktiv elementlarda) 2- rasm [4].
Sig’im-induktiv elementlardagi SQ soddaroq konstruksiyaga ega.
Bunday qurilmani
sxemasi 3-rasmda ko’rsatilgan. SQ sig’im elementlari tarmoqning fazalariga, induktiv elementlari
esa neytral simga ulanadi. Bunday qurilma, simmetriya ta’sirini
olish bilan bir qatorda, to’g’ri
ketma-ketlik toklarning reaktiv quvvatini qoplashi (kompensasiya qilishi) mumkin. X
C
=3∙X
L
, X
L
=3∙ X
C
shartga ko’ra 4, b rasmdagi sxema uchun bunday qurilmalarning nol ketma-ketlik qarshiligi
Z
0
minimal bo’ladi va deyarli induktiv g’altakning aktiv qarshiligi bilan aniqlanadi.
2-rasm Past kuchlanishli tarmoqqa Simmetriyalovchi qurilma ulangan holatning fizik modelda
olingan natijalari.
Maqolada 0,4 kVli elektr tarmoqlaridagi nosimmetrik
holatlarning parametrlarini
aniqlangan, Nosimmetriya, elektr energiyasi isroflari energiya yo‘qotilishlarini kamaytirish tahlil
qilingan.
Laboratoriya sharoitida fizik modeldan foydalanib ulanish guruhi Y/Y
0
transformatorda
simmetriyalovchi qurilma yordamida bir fazali yuklama sharoitida simmetriyalovchi qurilma
qo’llash. 0.4 kV tarmoqlar uchun hozirgi shart-sharoitlarda eng samarali
usullaridan yana biri
sig’im-induktiv turlaridagi simmetriyalovchi qurilmalar qo’llash orqali elektr energiya isroflari
kamaytirish aniqlangan.