|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 108/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd11-AMALIY MASHG’ULOT
Nometall materiallar va ularni turlarini o’rganish. Polimer materiallar va kompozitlar
Ishdan maqsad:Masalada berilgan detalning ishlash sharoitiga qarab, materialning markasini tanlash, agar lozim bo’lsa material yoki detalning puxtaligini oshirish usulini tanlash va masalaning yechimini asoslashni o’rganish.
Masalaning qo’yilishi: materialning markasini tanlash va material yoki detalning puxtaligini oshirish usulini tanlash.
Kerakli jihozlar: Amaliy mashg’ulotni bajarishda turli xildagi uslubiy qo’llanmalar, so’rovnomalar va plakatlardan foydalaniladi.
Ishni bajarish uchun namuna:
Mashinasozlikning umumiy qonuni bu eng kam sarf bilan (aqliy va jismoniy) mashinani yasash; oldiga qo’yilgan funktsional vazifalarini bajargan holda mashina detallari materiallarini tanlash ham shu qonunga bo’ysunadi. Material tanlab olingandan so’ng, detalni ishlash texnologiyasi-usuli tanlanadi. Bu esa birinchi navbatda ishlab chiqarish “programmasiga”, ya’ni ishlab chiqarish hajmiga (donalab, seriyalab, ko’plab ishlab chiqarish) bog’liq. Qolgan sharoitlar hisobga olinadi: asbob-uskunalarning borligi; keskich va boshqa asboblarning bor-yo’qligi, holati, boshqa korxonalar bilan bog’liqligi va h.k.
Detal materialini tanlash yuqoridagilarni hisobga olgan holda, uni mexanik xossalarini tanlashdan boshlanadi. Hamma talablarga javob bergan holda, bu yerda,uning tannarxi birinchi o’rinda turadi. Bu masalaning murakkabligi (qolaversa qiziqligi) arzon materialni tanlab, uni termik ishlab mexanik xossalarini qimmat materiallar mexanik xossalariga tenglashtirish mumkin. Bu holda termik ishlash to’rini va texnologiyasini to’g’ri tanlab olish yetarli ahamiyatga ega.17
MASALA 1. –Sanoatni qaysi sohalarda titanni qo’llash “perspektiv”-bashoratli ?
MASALA 2.-Al-Cu (3%-Cu+97% Al) tizimidagi alyumin qotishmasini qanday termik ishlashga duchor qilish mumkin?
MASALA 3. Alyuminiy qotishmasini sun’iy eskirtirganda vaqt o’tishi bilan uning mustahkamligi pasayadimi?
MASALA 4. Dyuralminiy konstruktsiyalari ko’pincha dyuralyumindan yasalgan “zaklyonka” lar bilan birlashtiriladi. SHu zaklyonkalarni pachaqlab-deformatsiyalab birikma olish uchun ular qaysi holatda bo’lishlari kerak ? 1) toblangan 2) toblangan va tabiiyeskirtirilgan; 3) toblangandan so’ng 2-3 soat o’tgach
MASALA 5. Nega magniy qotishmalari yomon deformatsiyalanadi ?
MASALA 6. Rux bilan temirni zanglamaslikdan rux qanday saqlaydi.
MASALA 7. Katta quvvatli transformatorlarning kontaktlari yoy erroziyasiga chidamli bo’lishi uchun qaysi materialdan yasaladi: 1-misdan; 2-alyuminiydan, 3-volьframdan, 4-mis bilan to’yintirilgan g’ovakli volьframdan.
MASALA 8-Polimer materiallarda zarrachalar orasidagi bog’lanish to’rini toping?
1-kovalent; 2-qutbli (“polyarnыy”), 3-makromolekula ichida-kovalentli; makromolekulalar orasida-qutbli.
MASALA 9-Metall va polimerlarning kristallanish jarayonini “printsipial” farqi nimada ?
MASALA 10. –Metall va polimerlarning kristallanish haroratini “printsipial” farqi nimada?
MASALA 11.-Sovuqqa chidamli (-200S) rezinadan qayish (“remen”) yasalib, tezligi katta qayishli o’zatishda ishlatildi. Harorati 00S da. ma’lum vaqtdan so’ng, u mo’rtligi uchun ishdan chiqdi. Sababi nimada ?
MASALA 12. Agar polimer materialini kiryadan (“filьera”dan) cho’zib o’tkazilayotganda uning uyushqoqligi o’zgarmasa nima bo’ladi ?
MASALA 13-Baquvvat konstruktsion material sifatida qanday polimer materiallarini ishlatsa bo’ladi ?
MASALA 14.Oddiy plastmassalar nimadan tarkib topgan ?
MASALA 15. Podshipniklar uchun qanday plastmassalar ishlatiladi?
1-kapron, 2-ftoroplast; 3-ftoroplast-4.
MASALA 16. –kapron. Ortoroplast yaxshi antifriktsion xossaga ega, lekin mustahkamligi past. Bo’larni qaysi usul bilan ishlab podshipnik yasash mumkin. 1-vtulka devorini qalinlashtirib; 2-vtulkani metalldan yasab, ustiga plastmassa qoplash.
MASALA 17-Kauchukni elastik “uprugiy” material sifatida ishlatsa bo’ladimi ?
MASALA 18-Pribor korpuslarini qaysi materialdan yasash mumkin?
1-stekplastikdan; 2-fenoplastiklardan
3-voloknitlardan.
MASALA 19-po’lat bilan shishani toblashda mustahkamlanishini nima farqi bor ?
MASALA 20-Metall qirquvchi stanogini qirindisini ishchiga tegishini saqlovchi yorug’ o’tkazuvchi ekran, qaysi materialdan yasaladi?
|
| |