|
-rasm. Sinalayotgan namuna 13.2-rasm. Brinell uskunasi
|
bet | 111/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd13.1-rasm. Sinalayotgan namuna 13.2-rasm. Brinell uskunasi
Metallarning qattiqligini aniqlashda ularning xiliga, taxminiy qattiqligiga va namunaga qo’yilgan yuklamaga ko’ra sharchalar diametri aniqlanadi. Agar diametri 1 mm li sharchada materialning qattiqligi aniqlanadigan bo’lsa, namunaning sirt yuzi jilolanishi kerak. Asbob tekis, bikr o’rnatilgan bo’lishi, tebranishlarga berilmasligi lozim. Sinashni uy xaroratida olib boriladi.
Sinashni o’tkazishgacha namunaga ko’yiladigan yuklama (R) ning sharcha diametri kvadratiga nisbat ko’rsatkichi (K) qiymatini jadvaldan material xiliga va taxminiy qattiqligiga ko’ra belgilanadi.
Keyin esa «K» qiymatga ko’ra jadvaldan sharcha diametri va qo’yiladigan yuklama qiymati aniqlanadi.
13.1-rasmda sinalayotgan materialga sharchani botirish sxemasi ko’rsatilgan.
13.1-jadval
Sinashni o’tkazish tartibi:
1. Sinaladigan namunani asbobning ish stoli 6 ga siljimaydigan qilib quyiladi.
2. Tanlangan sharcha va zarur yuklamani beruvchi toshlar 12 ilgak 11 ga osiladi.
3. Maxovik 10 ni soat mili tomon aylantirib namunani sharcha tomon to chexol 4 ga tiralguncha ko’taramiz (Bunda sharcha markazi namuna chekkasidan kamida 2,5 h ga, izlar markazlar oralig’i esa 4 h dan kichik bo’lmasligi lozim).
4. Tugmacha 7 bosiladi, bunda namunaga yuklama qo’yilishi bilan nazorat lampochkasi 25 yonadi (1-rasm). Namunani yuklama ostida tutish vaqti o’tishi bilanok, yuklama avtomatik olinadi. Bunda lampochka 25 o’chadi (qora metallarni sinashda namunani yuklama ostida 10—15 s, rangli metallarni sinashda esa 10—180 s saqlanadi). Agar namunani yuklama ostida tutish vaqtiga asbobni rostlash zarur bo’lsa, staninasiga o’rnatilgan rostlash mexanizm kosachasi 8 ni tegishli shkala chizig’iga o’tkazib maxkamlanadi.
5. Maxavichok 8 ni soat miliga teskari tomonga aylantirib, stolni pastga tushirgach, undan namunani olib, stolga ko’yib, lupa yordamida sharcha qoldirgan iz diametrini bir-biriga tik yo’nalishda o’lchab, o’rtacha qiymati olinadi (1-rasm). Bunda diametri 10 va 5 mm bo’lgan sharchalarning namunada qoldirgan izlari diametrini 0,05 mm aniqlikda, qolganlarni 0,01 mm aniqlikda o’lchanadi. Iz diametri (d) sharcha diametri (D) ga tubandagi qiymatlari oralig’iga tushishi kerak.
aks xolda namunaning boshqa joyini takror o’lchash lozim. Materiallarning Brinell bo’yicha qattiqligi tubandagi formula bilan ifodalanadi:
bu erda R — sharchaga qo’yilgan yuklama N (kg.k); Fe — sharchaning namuna sirtida qoldirgan segment izining yuzi, mm2.
Geometriyadan ma’lumki, shar segment izining yuzi tubandagicha aniqlanadi:
(1)
bu yerda π —aniq son bo’lib, u 3,14 ga teng; D — sharcha diametri, mm; h — sharchaning namunaga botgan chuqurligi, mm. h ni aniq o’lchash qiyinroqligi sababli sharcha izi diametri o’lchanadi. Ma’lumki, sharchaning namunaga botgan chuqurligi mm ga teng bo’lgani uchun formula (1) dagi urniga uning qiymatini ko’ysak, unda sharchaning segment izi yuzini tubandagicha ifodalash mumkin.
|
| |