Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi




Download 24,24 Mb.
bet18/157
Sana16.12.2023
Hajmi24,24 Mb.
#120531
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   157
Bog'liq
6,20 mavzulr slayd

MUAMMOLI VAZIYaT
Gazlangan ichimliklar uchun qadoq
Gazlangan salqin ichimliklarni saqlash uchun qadoqlar materialiga qiziqarli talablar qo’yiladi: (1) U bosim ostidagi CO2 ni chiqarib yubormasligi kerak; (2) Zaxarli moddalarsiz, suyuqlikka ta’sirsiz, iloji boricha qayta ishlashga yaroqli; (3) Suyuqlik bilan to’ldirilgan qadoq yetarlicha mustaxkam bo’lishi, bir necha metr balandlikdan tashlanganda parchalanmasligi kerak; (4) Qadoq tayyorlash texnologiyasi va material tannarxi qimmat bo’lmasligi lozim; (5) Agar mahsulot avvaldan shaffof bo’lsa, u saqlash jarayonida optik xossalarini yo’qotmasligi lozim; (6) Mahsulot turli ranglarga bo’yalishi yoki unga dekorativ yorliqlar yopishtirish imkoni bo’lishi kerak.
Gazlangan salqin ichimliklarni saqlash uchun qadoq tayyorlashda uch turdagi barcha asosiy materiallar ishlatiladi – metall (alyuminiy), keramika (shisha) va polimer (poliefir) bu bobning boshida suratda ko’rsatilgan. Ushbu barcha materiallar zaxarli moddalardan xoli va suyuqlik bilan o’zaro ta’sirga ega bo’lmasligi kerak. Barcha materiallarning afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Masalan, alyumin qotishmalar yetarlicha mustaxkam (ammo mahsulot oson pachoqlanadi), devorlaridan gaz o’tmaydi, material ortiqcha qiyinchiliklarsiz qayta ishlanadi, ichimlikni sovutish oson, yorliqlar mahsulot yuzasiga oson yelimlanadi. Biroq alyumin qadoqlar shaffof emas va ishlab chiqarish uchun juda xam qimmat. SHisha a’lo darajadagi material, gaz diffuziyasiga qarshilik ko’rsata oluvchi, oson qayta ishlanuvchi va nisbatan arzon material. Faqatgina shisha mo’rt, kuch natijasida oson sinuvchan va bundan tashqari shisha idishlar yetarlicha og’ir. Plastik yetarli darajada mustaxkamlikka ega, butunligicha optik shaffof bo’lishi xam mumkin. Yengil va qimmat bo’lmagan material. Ammo CO2chiqarib yuborish bo’yicha u alyumin va shishadan sezilarli darajada ortda qoladi. Aniqlanishicha alyumin va shisha qadoqlarda saqlangan ichimliklar bir necha yil davomida kuchli gazlanganligicha qoladi bu vaqtda ikki litrli plastmas qadoqdagi gaz bir necha oyda butunligicha uchib ketadi.


Kompozitlar
Kompozitlarga ikki yoki (undan ko’p) turli sinflarga oid boshqa materiallarning birikmalari kiradi, bular metall, keramika, polimer bo’lishi xam mumkin. Kompozitlarni yaratishdan maqsad turli materiallarning tarkibiy birikmasiga erishish bundan tashqari optimal birikma xarakteristikasini ta’minlashdan iborat edi. Ma’lumki katta miqdordagi turli kompozitlar metallar, keramika va polimerlar aralashmasidan olingan. Bundan tashqari ayrim ta’biy materiallar kompozitlarni o’zida aks ettiradi masalan, daraxt va suyak. Ammo bu yerda keltirilgan ko’pgina kompozitlar sintetik materiallardan olingan materiallar xisoblanadi. Eng mashxur va barchaga tanish kompozitsion materiallardan biri bu shishali tola (stekloplastik) dir. Ushbu material odatda epoksid yoki poliefir qatronlarda polimer matritsaga joylashtirilgan kalta shishali tolalarni o’zida aks ettiradi. SHisha tolalar yuqori mustaxkamlik va qattiqlikka ega, ammo ular mo’rt. Bir vaqtning o’zida polimer matritsalar yumshoq ammo uning mustaxkamligi past. Ko’rsatilgan moddalar birikmasi mustaxkamligi yuqori va qattiq material olinishiga olib keladi (1.4 va 1.5. rasm) shunga qaramasdan yetarlicha egiluvchanlik va moslashuvchanlikka ega bo’ladi. Texnologik muxim kompozitga yana bir misol ugleplastikdir – uglerod tolalar bilan armaturalangan polimer (CFRP). Ushbu materiallarda polimer matritsaga uglerod tolalar xalal beradi. Bu turdagi materiallar shisha tolaga nisbatan qattiq va mustaxkamdir (1.4 va 1.5 rasm) ammo bir vaqtning o’zida anchayin qimmat. Ugleplastiklar aerokosmik texnikada qo’llaniladi shuningdek yuqorisifatli sport anjomlari tayyorlashda masalan, velosiped, golьf uchun klyushka, tennis raketkasi, chang’i va snovbord yasashda ishlatiladi. Ushbu materiallar xossasi xaqida muxokama qilamiz.



Download 24,24 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   157




Download 24,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

Download 24,24 Mb.