|
MATERIALSHUNOSLIK NIMA UCHUN KERAK VA MATERIALLAR QO’LLANILISHI TEXNOLOGIYaSINI O’RGANISH NIMA UCHUN ZARUR
|
bet | 21/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd5.1. MATERIALSHUNOSLIK NIMA UCHUN KERAK VA MATERIALLAR QO’LLANILISHI TEXNOLOGIYaSINI O’RGANISH NIMA UCHUN ZARUR.
Biz nega materiallarni o’rganamiz? Ko’pgina olimlar va muxandislar, mashinasozlik soxasida ishlovchilar, quruvchilar, kimyo va elektrotexnika sanoati ishchilari ertami kechmi mahsulot tuzilishini tadbiq qilish masalasiga duch keladilar. Na’muna sifatida quyidagi mahsulotlarni keltirish mumkin uzatmali shesternya, qurilishda foydalaniladigan konstruktsiyalar, neftni qayta ishlash uskunasi uchun detallar, integral chiplar. Albatta materialshunoslik bilan shug’illanuvchi olim va muxandislar materiallarni o’rganish masalasi va mahsulot tuzilishi muammolarini xal etishda yetakchilardan sanaladilar.
Ko’pgina xollarda bozorda mavjud minglab materiallardan mosini tanlash masalasi turadi. Yakuniy tanlovni amalga oshirish uchun bir qancha mezonlar mavjud. Xammadan avval mahsulot ishlatilish shartlari bilan tanishib chiqish lozim, chunki aynan ular materialning kerakli xossalarini aniqlaydilar. Faqatgina juda kamdan kam xollarda ko’rsatilgan talablarga ideal darajada mos keluvchi materiallar uchraydi. SHuning uchun ko’pincha materialning ayrim tavsiflari boshqa nisbatan zarur tavsiflarga almashtiriladi. Klassik misol – bu plastiklik va mustaxkamlik talabidir. Odatda juda yuqori mustaxkamlikka ega bo’lgan materiallar plastikligi yetarlicha bo’lmaydi. Bunday xollarda ikki yoki undan ortiq zarur xossalarni tanlash zarur.
Mahsulotni ishlatish jarayonida materialning xossasi nechog’lik pasayishini bilish juda muhim. Masalan, mustaxkamlikning sezilarli pasayishi haroratning oshishi yoki tashqi ta’sir korroziyasi oqibati bo’lishi mumkin. Va nixoyat xal qiluvchi asos iqtisodiy yechimga bog’liq bo’lishi mumkin. Yakuniy mahsulotning tannarxi qanday bo’ladi? Barcha qo’yilgan talablarga o’zining xossasi bilan ideal mos keluvchi material topish mumkin ammo bu juda qimmatga tushadi. Bu yerda xam yana muayyan murosaga kelish kerak. Yakuniy mahsulotning narxiga faqatgina material narxi emas balki tayyor mahsulotning qolplash jarayoni xarajatlari xam kirishini xisobga olish zarur. Turli xarakteristikadagi materiallar xossasi va tuzilishining bog’liqligi, mahsulot olish texnologiyasi va keltirilgan mezonlarga ko’ra olim yoki muxandisning aqilliy va ishonchli ravishda material tanlashi maqsadga muvofiqdir.
|
| |