|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 14/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydNazorat savollari
“Materialshunoslik” fanining rivojlanishiga hisa qo’shgan dunyoning yetakchi olimlari haqida ma’lumot bering.
“Materialshunoslik” sohasida yetakchi horijiy davlatlar va Respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumot bering.
“Materialshunoslik” fanining rivojlanishiga hisa qo’shgan yetakchi o’zbek olimlaridan kimlarni bilasiz?
Materialshunoslik” fanining rivojlanishiga hisa qo’shgan yetakchi o’zbek olimlarining ilmiy ishlari haqida ma’lumot bering.
4-mavzu. Materiallar sinfi va ularning tasnifi
Reja:
Materiallar sinfi va ularning tasnifi.
Metallar va ularning turlari.
Metallarning mashinasozlikdagi ahamiyati.
Zamonaviy fan yutuqlari asosida yangi materiallar olish istiqbollari.
Tayanch iboralar: materialshunoslik, yangi materialar, materiallarning turlari, metallar, yuqori texnologik materiallar, aqilli materiallar, maxsus xossali materiallar, alohida hossali materiallar.
Materiallar sinfi va ularning tasnifi. Metallar va ularning turlari. Metallarning mashinasozlikdagi ahamiyati. Zamonaviy fan yutuqlari asosida yangi materiallar olish istiqbollari.
MATERIALLAR TASNIFI
tsts. Bular metallar, keramika va polimerlar. Bunday bo’linish moddaning atomlar tarkibi va kimyoviy tuzilishiga asoslanadi. Ko’pgina materiallarni u yoki bu guruxga birday kiritish mumkin. Bundan tashqari keltirilgan ikki yoki uchta guruxga ta’luqli materiallar tarkibida kompozitlar mavjudligini xam aytib o’tish lozim. Quyida turli xildagi materiallar xaqida qisqacha ma’lumot va ularning solishtirma tasniflari keltirilgan.
Materiallarning yana bir turi zamonaviy maxsus materiallar (advanced) bo’lib, ular yuqori texnologiyali (high-tech) soxalarda qo’llash uchun yaratiladi bularga yarimo’tkazgichlar, biologik materiallar, nanotexnologiyalarda ishlatiluvchi “aqlli” (smart) material va moddalar kiradi.
|
| |